Erdo‘g‘an Qirg‘izistonga tashrif buyurdi
Bishkek shahridagi “Manas” xalqaro aeroportida Turkiya rahbari va birinchi xonim Emine Erdo‘g‘anni Qirg’iziston Prezidenti Sadir Japarov, rafiqasi Aygul Japarova hamda Turkiyaning Bishkekdagi elchisi Ahmet Sadiq Dog’an kutib oldi.
Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an kecha, 4 noyabr kuni davlat tashrifi bilan Qirg‘izistonga yetib bordi.
Bishkek shahridagi “Manas” xalqaro aeroportida Turkiya rahbari va birinchi xonim Emine Erdo‘g‘anni Qirg’iziston Prezidenti Sadir Japarov, rafiqasi Aygul Japarova hamda Turkiyaning Bishkekdagi elchisi Ahmet Sadiq Dog’an kutib oldi.
Tashrif doirasida Qirg‘iziston va Turkiya rahbarlarining tor doiradagi muzokaralari, shuningdek, ular raisligida strategik hamkorlik bo‘yicha Oliy kengashning oltinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
Tashrif yakunlari bo‘yicha ikki davlat o‘rtasidagi strategik hamkorlikni kengaytirish va davlatlararo munosabatlarni yanada mustahkamlashga qaratilgan qator ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan. Tomonlar qirg‘iz-turk hamkorligiga oid keng ko‘lamli masalalarni muhokama qiladi.
6 noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan Turkiy davlatlar tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining 11-sammitida Turkiya Prezidenti ham ishtirok etadi.