Erdo'g'an: Asrimizning eng shafqatsiz genotsidlaridan biri G'azoda sodir bo'lmoqda
Erdo'g’an bu haqda Istanbuldagi 40-Islom Hamkorlik Tashkiloti Iqtisodiy va Tijorat Hamkorlik Doimiy Qo’mitasi yig’ilishining ochilishida so'zlagan nutqida tilga oldi.
Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an o'tgan asrning eng shafqatsiz genotsidlaridan biri G'azoda sodir bo'lganini aytdi.
Erdo'g’an bu haqda Istanbuldagi 40-Islom Hamkorlik Tashkiloti Iqtisodiy va Tijorat Hamkorlik Doimiy Qo’mitasi yig’ilishining ochilishida so'zlagan nutqida tilga oldi.
Prezident o'z nutqida Isroilning G’azoga uyushtirgan hujumlariga to’xtalib o’tdi.
"Falastinda 13 oyda 50 ming inson halok bo'ldi. 2 million kishi dori-darmon va oziq-ovqatdan mahrum bo'ldi. Dunyo ularning o’limini tomosha qildi. Shunga qaramay, falastinliklar o’z qadr-qimmatini yo'qotmadi",-deydi Erdo'g'an o'z nutqida.
"Oʻtgan asrning eng shafqatsiz genotsidlaridan biri bizning yonimizda Gʻazoda sodir boʻldi. Sionistik rejim va uning tarafdorlari 13 oy davomida daxshatli zulm va qirgʻinlarni amalga oshirdi. Lekin ular falastinlik birodarlarimizni tiz choʻktira olmadilar ", - deb qo'shimcha qiladi Erdo'g'an.
Sionistlarning tajovuziga berilgan eng yaxshi javoblardan biri ko'proq davlatning Falastin davlatini tan olishi ekanini ta'kidlagan Erdo'g'an, Islom olamining o'zaro fikr qarama-qarshiligini chetga surib, Falastin va Livanni qo'llab-quvvatlashi katta ahamiyatga ega ekanini ta'kidladi.
Isroil tomonidan sodir etilgan genotsidga qarshi birinchi kundan beri eng qat'iy pozitsiyani ko'rsatgan davlatlardan biri Turkiya, qo'lidagi barcha imkoniyatlar bilan Falastinga yordam berishga harakat qilmoqda.
Erdo'g'anning ta'kidlashicha, shu kungacha G'azoga 85 ming tonnadan ortiq gumanitar yordam yetkazib bergan Turkiya, G'azoga eng ko'p yordam bergan davlatlardan biri hisoblanadi.