Istanbulda Afrika davlatlari savdo vazirlari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi
Turkiya savdo vaziri O’mer Bo'lat kecha Istanbulda Gambiya, Falastin, Kamerun va Saudiya Arabistoni savdo vazirlari bilan uchrashdi.
Turkiya savdo vaziri O’mer Bo'lat kecha Istanbulda Gambiya, Falastin, Kamerun va Saudiya Arabistoni savdo vazirlari bilan uchrashdi.
Uchrashuv va muzokaralarda Turkiya bilan ushbu mamlakatlar o’rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Ma’lumki, Istanbulda Islom hamkorlik tashkiloti Iqtisodiy va tijorat hamkorlik doimiy qo’mitasining 40-Vazirlar yig’ilishi bo’lib o’tdi.
Mazkur yig’ilishda Gambiya, Falastin, Kamerun va Saudiya Arabistoni savdo vazirlari ishtirok etdi.
Yig'ilishda Turkiya bilan ushbu mamlakatlar o'rtasidagi aloqalar muhokama qilindi.
Turkiyaning Afrika siyosatida muhim o'rin egallagan Gambiya bilan o'zaro savdo hajmini yaxshilashni maqsad qilgan yig’ilishda, infratuzilma va elektr energiyasi, energiya ishlab chiqarish, qayta tiklanadigan energiya, sanoat zonalari, erkin hududlar, bojxona va ichki transportda samaradorlik kabi sohalarda hamkorlikni oshirish, Turkiya tajribalarini almashish kabi mavzular muhokama qilindi.
Turkiya savdo vaziri O’mer Bo’lat Falastin Milliy Iqtisodiyot vaziri Muhammad al-Amur va uning delegatsiyasi bilan ikki tomonlama va hay'atlararo uchrashuvlar o'tkazdi.
Isroilning G'azo va Falastindagi hujumlarini zudlik bilan to'xtatish kerakligini ta'kidlagan O’mer Bo’lat, Falastinga zarur bo'lgan mahsulotlarni yetkazish uchun may oyida o'rnatgan mushtarak mexanizmni yanada kuchaytirish masalasini ilgari surdi.
"Falastin iqtisodiyot vaziri Muhammad al-Amur, Turkiyadan Falastinga yuborilgan mahsulotlar may oyidan beri xalq tomonidan foydalanilayotganini ma'lum qildi va bu borada eksportning davom etishi Falastin uchun juda muhim ekanligini ta'kidladi”,-deydi Turkiya savdo vaziri.
Falastin savdo vaziri Muhammad al-Amur Turkiyaning Isroil bilan mintaqada amalga oshirgan genotsidga qarshi barcha mahsulotlarni qamrab olgan eksport va import operatsiyalarini to'xtatish va bojxona tizimini 2 maydan boshlab yopish qaroridan mamnunligini bildirdi.
O’mer Bo’latning ta’kidlashicha, Turkiya har doim Falastinning yonida bo'lishga davom etadi.
“Shu nuqtai nazardan, biz Falastindagi ko‘chmanchilar ishg‘oli bilan bir qatorda, barcha ishg‘ollarga barham berish hamda mustaqil Falastin davlatining tashqil topishi va rivojlanishi uchun qo‘llab-quvvatlashimizni davom ettiramiz”,- deydi Turkiya savdo vaziri.
O’mer Bo’lat Kamerun mintaqaviy hukumati vaziri Paul Atanga Nji bilan ham uchrashdi.
Uchrashuvda ikki davlat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmini oshirish, hamkorlik yo‘nalishlarini diversifikatsiya qilish yuzasidan fikr almashildi.
Vazir Bo’lat Saudiya Arabistoni Savdo vaziri Majid al-Kasabi bilan ham uchrashdi.
O’mer Bo’lat Turkiya bilan Saudiya Arabistoni o'rtasidagi tashqi savdo hajmi qisqa muddatda 10 milliard dollarga, o'rta va uzoq muddatda esa 30 milliard dollarga yetkazish maqsad qilinganini qo’shimcha qildi.