Hakan Fidan Jibuti Respublikasiga safar qiladi
TIV rahbari tashrif doirasida 2-3 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan Turkiya-Afrika hamkorligining uchinchi vazirlar konferensiyasida ishtirok etadi.
Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan bugun Jibuti Respublikasiga safar qiladi.
TIV rahbari tashrif doirasida 2-3 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan Turkiya-Afrika hamkorligining uchinchi vazirlar konferensiyasida ishtirok etadi.
Afrika bilan do’stona aloqalar Turkiya tashqi siyosatining ustuvor masalalaridan biri hisoblanadi. Shu sababli Turkiya Afrikada tinchlik va barqarorlikni yaratishga hissa qo'shishda davom etadi. Turkiya qolaversa, Afrika Ittifoqining G20 ga toʻlaqonli aʼzo boʻlishini qatʼiy qoʻllab-quvvatlaydi.
Hakan Fidan uchrashuv va muzokaralarda Turkiyaning Afrika davlatlariga qaratilgan faoliyatlari Afrikaning o'z ustuvorliklari va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda gumanitar, ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishiga hissa qo’shishni maqsad qiladi.
Konferensiyada Turkiya-Afrika sherikligini mustahkamlash uchun kelajakda qanday qadamlar tashlanishi mumkinligi muhokama qilinadi.
Shuningdek, konferensiya yakunlari boʻyicha “Qoʻshma deklaratsiya” va “2022-2024-yillarni o’z ichiga olgan qoʻshma hisobot” nomli ikkita hujjat qabul qilinishi rejalashtirilgan.