Turkiya Ispaniyaga ta’ziya izhor etdi
Tashqi Ishlar vazirligi Valensiya avtonom mintaqasida oxirgi 2 kundan beri avj olgan sel falokati va bo‘ron bilan bog‘liq yozma ravishda bayonot berdi.
Turkiya, Ispaniyada sodir bo‘lgan sel falokati yuzasidan qurbon bo‘lganlar qayd etilganidan chuqur qayg‘uda ekanini bildirdi.
Tashqi Ishlar vazirligi Valensiya avtonom mintaqasida oxirgi 2 kundan beri avj olgan sel falokati va bo‘ron bilan bog‘liq yozma ravishda bayonot berdi.
Sel falokati yuzasidan qurbon bo‘lganlardan chuqur qayg‘uda ekanliklari ifoda etilgan bayonotda, «Halok bo‘lganlarning yaqinlari bilan ispan xalqiga ta’ziya izhor etamiz», - degan ifodalarga o‘rin berildi.
Valensiya Operativ muvofiqlashtirilgan markazi (CECOPI) tomonidan berilgan bayonotda og‘ir yog‘ingarchilik, suv toshqinlari va sellardan ziyon ko‘rgan mintaqadagi tumanlarda kamida 51 kishi halok bo‘lgani aytildi.
Ispaniya hukumati noqulay ob - havo sharoiti yo‘l ochgan o‘lim va mol – mulk yo‘qotishlari sababli kecha inqiroz stoli tashkil etgandi.
Aloqador xabarlar
Prezident Erdoʻgʻan Keir Starmerni qabul qildi
Prezident Erdoʻgʻan BMTning iqlim oʻzgarishi konferensiyasida ishtirok etadi.
Ali Yerlikaya vengriyalik hamkasbi Sandor Pinter bilan uchrashdi
Ali Yerlikaya, Budapesht jarayonining yettinchi vazirlar konferentsiyasida ishtirok etmoqda.