Erdo‘g‘an: «Mudofaa sanoatimizdagi yutuqlarimizni qat’iy qaror bilan davom ettiramiz».

Prezident Erdo‘g‘an kecha Prezidentlik kulliyasida bo‘lib o‘tgan vazirlar kengashi yig‘ilishi ortidan bayonotlar berdi.

2204000
Erdo‘g‘an: «Mudofaa sanoatimizdagi yutuqlarimizni qat’iy qaror bilan davom ettiramiz».

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an,

«Yurtimizning dunyodagi g‘urur – iftixor manbai bo‘lgan mudofaa sanoatimizdagi yutuqlarimizni qat’iy qaror bilan davom ettiramiz», - dedi.

Prezident Erdo‘g‘an kecha Prezidentlik kulliyasida bo‘lib o‘tgan vazirlar kengashi yig‘ilishi ortidan bayonotlar berdi.

Tatariston poytaxti Qozon shahriga borar – bormas Turk aerokosmik kompaniyasi – TUSAŞ zavodida uyushtirilgan xoin terror hujumida 5 nafar vatan avlodi shahid bo‘lgani haqida ma’lumot olganini bildirgan Erdo‘g‘an, hujum vaqti va tanlangan o‘rnining tasodif emasligini ifoda etib:

«Qon bilan oziqlangan terror baronlari mintaqamizdan o‘zlariga yangi xo‘jayinlar, yangi egalar izlaganga o‘xshaydi. Biz Turkiya Respublikasi sifatida bu hunik hujum orqali aytilmoqchi bo‘lgan gaplarni g‘ijimlab ahlatga tashladik», - dedi.

Prezident Erdo‘g‘an, TUSAŞ hujumi ortidan terror tashkilotiga oid 470 dan ortiq nuqta nishonga olinib, 213 nafar terrorchi ta’sirsiz holga keltirilganini bildirdi.

Prezident bu borada:

«Terror, qo‘li qonli qotillar, manqurtlashgan yugurtaklar va ulardan foydalangan xo‘jayinlar gapiga quloq solishimiz imkonsiz. Terror baronlari Turkiya siyosatini loyihalashtira olmaydi, 85 millionlik aholi orasida nifoq devorlari qura olmaydı, yurtimiz istiqomatini yo‘ldan chalg‘ita olmaydi», - deya gapirdi.

Erdo‘g‘an o‘z so‘zida shuningdek: «Yurtimizning dunyodagi g‘urur – iftixor manbai bo‘lgan mudofaa sanoatimizdagi yutuqlarimizni qat’iy qaror bilan davom ettiramiz», - dedi.

Prezident Erdo‘g‘an, Turkiya iqtisodiyotining asosiy ko‘rsatkichlaridagi yaxshilanish davom etayotganini bildirgan holda:

«Turkiya manfaati qayerda bo‘lsa ana shu tomon yo‘l olib, hamkorlik qilinadi. Tashqi siyosatimizning asosiy tayanchi - Turkiya manfaatidir! – degan ifodalarga o‘rin berdi.  

Prezident Erdo‘g‘an o‘z nutqida, birinchisi 2018 - yili uyushtirilgan SAHA EXPO 2024 ko‘rgazmasida mudofaa sanoatining faxrli mahsulotlarini shaxsan ko‘rish imkoniga ega bo‘lganini ham ta’kidladi.

Ko‘rgazmaga 150 ming nafardan ortiq inson tashrif buyurganini ifoda etgan Erdo‘g‘an 300dan ortiq hay’at, 150 nafardan ortiq haridor hay’ati, 120 dan ortiq davlat nomidan oliy darajali ishtirokchi va 1400 dan ortiq firma ishtirokida o‘tkazilgan SAHA EXPO ko‘rgazmasining mudofaa tarmog‘ida o‘zini isbotlaganini qayd etdi.

Erdo‘g‘an,

«Yurtimizning dunyodagi g‘urur – iftixor manbai bo‘lgan mudofaa sanoatimizdagi yutuqlarimizni qat’iy qaror bilan davom ettiramiz», - dedi.



Aloqador xabarlar