Erdo’g’an Italiya Bosh vaziri Jorja Meloni bilan muloqot qildi

Suhbat chog’ida Turkiya va Italiya munosabatlarining bugungi holati va istiqboldagi rejalar, Isroil-Falastin mojarolari, shuningdek, mintaqaviy va global masalalar muhokama qilindi.

2201927
Erdo’g’an Italiya Bosh vaziri Jorja Meloni bilan muloqot qildi

 

Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Italiya Bosh vaziri Jorja Meloni bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Suhbat chog’ida Turkiya va Italiya munosabatlarining bugungi holati va istiqboldagi rejalar, Isroil-Falastin mojarolari, shuningdek, mintaqaviy va global masalalar muhokama qilindi.

Erdo’g’an Turkiya-Italiya munosabatlari kun sayin rivojlanib borayotganini, mudofaa sanoati va boshqa bir qator sohalarda shaxdam qadamlar tashlanishi bilan o’zaro savdo hajmini oshirish mumkinligini bildirdi.

Prezidentning ta’kidlashicha, Isroil barcha ogohlantirishlarga e’tibor bermay, Yaqin Sharqda urush maydonini kengaytirmoqda. Isroil bosqinini to’xtatish uchun xalqaro hamjamiyatning birgalikda harakat qilishi o’ta muhim.

Bu jihatdan Italiyaning qo'llab-quvvatlashi Birlashgan Millatlar Tashkilotida Isroilga qurol savdosini to'xtatish bo’yicha Turkiya tashabbusini kuchaytiradi.

Erdo’g’an qolaversa, Isroilning Livan va BMT missiyalariga, shuningdek, Falastin hududiga uyushtirayotgan hujumlariga ko’z yumib bo’lmasligini, Italiyaning Isroil tajovuziga munosabati Turkiya tomonidan o'rinli deb topilganini va Turkiya mintaqada tinchlik o'rnatilishi uchun harakat qilishda davom etishini aytdi..

Erdo’g'an, shuningdek, Italiya Bosh vaziri Meloniga LGBT tarafdorlariga qarshi oila qadriyatlariga hurmat maqsadidagi yondashuvi uchun minnatdorlik bildirdi.

Ko’p o’tmay Italiya Bosh Vazirligi muloqot bilan bog'liq yozma bayonot berdi.

"Yetakchilar ikki davlat o'rtasidagi aloqalarning bugungi holatidan mamnunligini ta'kidlab, doimiy ravishda o'sib borayotgan savdo tendentsiyasini yanada kuchaytirish uchun g’ayrat qilish muhimligini ta'kidladi. Bu doirada Bosh vazir Meloni Prezident Erdo’g'anni 2025-yilning birinchi yarmida Italiya-Turkiya hukumatlararo sammitining navbatdagi sessiyasi uchun Italiyaga taklif qildi”,-deyiladi bayonotda.

Eslatish joizki, Turkiya va Italiya oʻrtasidagi uchinchi hukumatlararo sammit 2022-yil 5-iyul kuni poytaxt Anqarada Prezident Erdo’gʻan mezbonligida boʻlib oʻtgandi. Sammit doirasida ikki davlat o'rtasida 9 ta shartnoma imzolangandi.


Tanlangan kalimalar: #Erdo'g'an , #Italiya , #Turkiya

Aloqador xabarlar