Vazir Kajir, Xalqaro kosmik kongressni ziyorat qildi

Kajir, ijtimoiy media hisobidagi postida bu yil 75-marta tashkil etilgan kongressning 2026-yilda Antaliyada bo'lishini bildirdi.

2199203
Vazir Kajir, Xalqaro kosmik kongressni ziyorat qildi

 

Sanoat va texnologiya vaziri Mehmet Fatih Kajir, Italiyaning Milan shahrida bo'lib o'tgan dunyoning eng katta kosmik konferentsiyasi bo'lgan Xalqaro Astronavtika Kongressiga (IAC) tashrif buyurganligini bildirdi.

Kajir, ijtimoiy media hisobidagi postida bu yil 75-marta tashkil etilgan kongressning 2026-yilda Antaliyada bo'lishini bildirdi.

Kajir, IACning dunyodagi eng katta kosmik konferentsiya ekanligiga diqqat qaratdi.

Uning ta'kidlashicha, butun dunyodan milliy kosmik agentliklar, soha yetakchilari va akademik dunyo vakillarini birlashtirgan kongressda samarali uchrashuvlar o'tkazgan.

Kongressda Turkiyadan firmalar ishtirok etganini bildirgan Kacir, shunday dedi:

“Turkiya pavilyonida mamlakatimizning kosmik va mudofaa texnologiyalari sohasidagi yetakchi muassasa va kompaniyalari Turkiyaning g'ururli loyihalarini, bizning Kosmik dasturimizni va mamlakatimizda o'tkaziladigan IAC 2026 Antaliyani targ'ib qiladi.

“Biz kosmik tadqiqotlar sohasida yetakchi davlatga aylanish va Milliy kosmik dastur maqsadlarida muvaffaqiyatga erishish uchun xalqaro hamkorligimizni mustahkamlashda davom etamiz”.

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar