Iroqning shimolida amalga oshirilgan havo amaliyotlarida14 nafar terrorist yo’q qilindi
Iroqning shimolida amalga oshirilgan havo amaliyotlarida bo'lginchi terror tashkiloti PKK a'zosi bo'lgan 14 nafar terrorist ta'sirsiz holga keltirildi.
Iroqning shimolida amalga oshirilgan havo amaliyotlarida bo'lginchi terror tashkiloti PKK a'zosi bo'lgan 14 nafar terrorist ta'sirsiz holga keltirildi.Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, 2024 yilning 9-11 oktyabr kunlari Iroq shimolida amalga oshirilgan havo amaliyotlarida Gara mintaqasida 9, Hakurk mintaqasida 5 nafari jami 14 nafar terrorist ta'sirsiz holga keltirildi. Milliy Mudofaa Vazirligi tomonidan berilgan bayonotda, “Terrorni manbasida yo’q qilishga qat’iy va qodirmiz” deyildi. Boshqa tomondan, Milliy razvedka tashkiloti (MİT) yana bir muvaffaqiyatli operatsiyani amalga oshirdi. Suriyaning Tel Rifat hududida olib borilgan operatsiyada terror tashkiloti PKK/YPGning so’zda yetakchilari Huseyin O’zturk va Vidan Fate zararsizlantirildi. Zaytun novdasi operatsiya hududida joylashgan Turk xavfsizlik kuchlariga qarshi harakatlarni uyushtirgan shaxslar orasida PKK/YPG a'zolari Huseyin O'zturk va Vidan Fate ham bor edi.