Prezident Erdog’an rasmiy ziyorat bilan Albaniya va Serbiyaga tashrif buyuradi

Tashriflar doirasida Prezident Erdo'g'an, ikki davlatdagi hamkasblari bilan tashkil etilgan oliy darajadagi hamkorlik kengashi yig'ilishlariga boshchilik qiladi.

2196996
Prezident Erdog’an rasmiy ziyorat bilan Albaniya va Serbiyaga tashrif buyuradi

 

Prezident Rejep Tayyip Erdog’an rasmiy ziyorat bilan Albaniya va Serbiyaga boradi.

Prezidentlik aloqalar boshqarmasi tomonidan berilgan bayonotga ko'ra, 10-11 oktyabr kunlarini qamrab oladigan tashriflar chog'ida,

 Ikki tomonlama munosabatlarning barcha jabhalarini ko‘rib chiqish, turli sohalarda mavjud hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha olib boriladigan ishlarni muhokama qilish ko‘zda tutilgan.

Tashriflar doirasida Prezident Erdo'g'an, ikki davlatdagi hamkasblari bilan tashkil etilgan oliy darajadagi hamkorlik kengashi yig'ilishlariga boshchilik qiladi.

Erdo’g’an, Turkiya tomonidan moliyalashtirilgan Bolqondagi eng katta masjid Tirana Namazgah masjidini Albaniya Bosh vaziri Edi Rama ishtirokida ochadi.

Erdog’an, keyin Belgradga boradi va Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich bilan o’tkaziladigan biznes forumiga qatnashadi.

Tashriflar natijasida ikki tomonlama munosabatlarning shartnomaviy asoslarini rivojlantirish maqsadida turli shartnomalar imzolanishi ham rejalashtirilgan.

Muloqot chog'ida Bolqondagi o'zgarishlar bilan birga Isroilning G'azo, bosib olingan Falastin tuproqlari va Livanga hujumlari ham muhokama qilindi.

Shuningdek, dolzarb global va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashish ko‘zda tutilgan.

 

 

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Tashrif , #Serbiya , #Albaniya , #Prezidnet Erdog'an

Aloqador xabarlar