Prezident Erdo'g'an, Albaniyada Prezident Bayram Begay Bilan uchrashdi
Prezident Rejep Tayyip Erdo’g’an rasmiy ziyorat bilan Albaniya va Serbiyaga bordi. Prezident Erdo'g'an, tashrifining ilk bekati bo'lgan Albaniyada Prezident Bayram Begay tomonidan rasmiy marosim bilan kutib olindi.
Prezident Rejep Tayyip Erdo’g’an rasmiy ziyorat bilan Albaniya va Serbiyaga bordi.
Prezident Erdo'g'an, tashrifining ilk bekati bo'lgan Albaniyada Prezident Bayram Begay tomonidan rasmiy marosim bilan kutib olindi. Erdo'g'an va Begay keyinroq uchrashuv o'tkazdi.
Erdo’g'an, Begay bilan uchrashuvidan so'ng Albaniya Bosh Vazirligiga borib, Edi Rama bilan uchrashdi.
Erdo’g'an va Rama yopiq eshiklar ortida bo'lib o'tgan uchrashuvdan so'ng Oliy Darajali Hamkorlik Kengashining Ikkinchi Yig'ilishiga raislik qildi va kelishuvlarni imzolash marosimi va mushtarak matbuot anjumanida ishtirok etdi.
Erdo'g'an, G'azoda bir yildan beri davom etayotgan genotsid butun insoniyatning umumiy sharmandaligi ekanini aytdi.
Erdo’g’an, “Xalqaro hamjamiyat sifatida doimiy ravishda o’t ochishni to’xtatish, insonparvarlik yordamlarini yetkazib berish va Isroilga bosim o’tkazish uchun qo’limizdan kelganini qilishimiz kerak” dedi u.
Prezident Erdo’g'an, "Albaniya Bosh vaziri Rama bilan terror tashkilotlari, ayniqsa Fetullohchi terror tashkiloti (FETO) bilan birgalikda kurash olib borishni muhokama qildik. Terror tashkilotlariga qarshi kurashimizni davom ettiramiz" idedi u.
Erdo’g’an, Edi Rama ishtirokida Turkiya tomonidan moliyalashtirilgan Bolqondagi eng katta masjid Tiran Namozgoh masjidini ochadi.
Erdo’g’an, keyin Belgradga boradi va Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich bilan o’tkaziladigan biznes forumiga qatnashadi.
Tashriflar natijasida ikki tomonlama munosabatlarning shartnomaviy asoslarini rivojlantirish maqsadida turli shartnomalar imzolanishi ham rejalashtirilgan.
Muloqot chog'ida Bolqondagi o'zgarishlar bilan birga Isroilning G'azo, bosib olingan Falastin tuproqlari va Livanga hujumlari ham muhokama qilindi.
Shuningdek, dolzarb global va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashish ko‘zda tutilgan.