Turkiya Prezidenti Erdo'g’an Albaniyaga tashrif buyurdi
Oliy martabali mehmon Albaniyada mamlakat Prezidenti Bayram Begay tomonidan rasmiy marosim bilan kutib olindi.
Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g’an Albaniyaga rasmiy tashrif buyurdi.
Oliy martabali mehmon Albaniyada mamlakat Prezidenti Bayram Begay tomonidan rasmiy marosim bilan kutib olindi. Kutib olish marosimidan so'ng ikki davlat prezidentlarining tor doiradagi uchrashuvi bo'lib o'tdi. Shuningdek, yetakchilar delegatsiyalararo muzokaralarga raislik qildi.
Ma'lumotga ko'ra, Prezident Erdo'g’an Albaniya Bosh vaziri Edi Rama bilan ham uchrashadi. Erdo'g’an va Edi Rama ishtirokida Turkiya tomonidan moliyalashtirilgan Bolqon davlatlaridagi eng katta jome'-masjidi "Tiran Namozgoh"ning ochilishi amalga oshiriladi.
Erdo'g’an Albaniyaga tashrifini yakunlab, Belgradga jo'nab ketadi va Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich bilan o’tkaziladigan biznes forumiga qatnashadi.
Tashriflar natijasida ikki tomonlama munosabatlarning shartnomaviy asoslarini rivojlantirish maqsadida turli bitimlar imzolanishi rejalashtirilgan.
Uchrashuvlarda, shuningdek, dolzarb global va mintaqaviy muammolar, ayniqsa Bolqon yarim oroli, G’azo, ishg’ol qilingan Falastin hududlari va Isroilning Livanga hujumlari kabi mavzularda fikr almashishi kutilmoqda.