PKK/YPJning so’zda yetakchilaridan biri Hezal Belge Suriyaning Amude hududida yo’q qilindi
Turkiyada xudkushlik hujumi uyushtirishni rejalashtirgani aniqlangan bo’lginchi terror tashkiloti PKK/YPJning so’zda yetakchilaridan biri Hezal Belge Suriyaning Amude hududida zararsizlantirildi.
Turkiyada xudkushlik hujumi uyushtirishni rejalashtirgani aniqlangan bo’lginchi terror tashkiloti PKK/YPJning so’zda yetakchilaridan biri Hezal Belge Suriyaning Amude hududida zararsizlantirildi.
Xavfsizlik manbalaridan olingan ma'lumotlarga ko'ra, Milliy razvedka tashkiloti (MIT) o'z razvedka ishlarida "terrordan qidirilayotganlar ro'yxatda kulrang toifada bo'lgan va PKK/YPJning Amude mintaqasidan mas'ul deb atalgan "Jinda Gundikramo" laqabli terrorist Hezal Belge, Turkiyada xudkush hujum uyushtirishni rejalashtirayotganini aniqladi.
MİTning nishon ro'yxatida bo'lgan Belge, Turkiyadagi xavfsizlik kuchlarining faol chora-tadbirlari tufayli har safar ko'plab harakat urinishlarini keyinga qoldirdi.
Nihoyat, Amudeda aniqlangan terrorist Belge nuqta operatsiyasi bilan zararsizlantirildi.
Shuningdek, terrorchining Suriya xalqini terror tashkilotidagi ishtirokini ta’minlashga harakat qilgani aniqlandi.
2004-yilda terror tashkilotining qishloq kadrlari safiga qo’shilgan terrorist Belge uzoq yillar davomida PKK/KCKning Iroq shimolidagi so’zda yetakchisi sifatida faoliyat yuritdi.
Keyinchalik Suriyaga ko‘chib o‘tgan va PKK/YPJ tashkilotining so‘zda yetakchisi sifatida faoliyat yuritgan Belge 2021-yili to‘qnashuvda boshidan yaralangan edi.
Iroqning Sulaymoniya shahrida davolanib, Suriyaga qaytgan Bele, oxirgi marta PKK/YPGning Amude yetakchisi deb atalgan va faoliyat yuritgan.
Aloqador xabarlar
Prezident Erdo‘g‘an Donald Trampni tabrikladi
Prezident Erdo‘g‘an prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozongan Donald Trampni tabrikladi.