Finlyandiya prezidenti Turkiyaga tashrif buyurdi
Finlyandiya Prezidenti dastlab, Turkiya Respublikasiga asos solgan Mustafo Kamol Otaturkning qabri joylashgan Anitkabir yodgorlik majmuasiga tashrif buyurdi.
Finlyandiya Prezidenti Alexander Stubb Prezident Rajab Tayyip Erdo'g'anning taklifiga binoan Turkiyaga tashrif buyurdi.
Turkiya prezidenti huzuridagi Kommunikasiya boshqarmasi ma'lum qilishicha, Oliy martabali mehmon 2 oktyabrga qadar Turkiyada bo'ladi.
Finlyandiya Prezidenti dastlab, Turkiya Respublikasiga asos solgan Mustafo Kamol Otaturkning qabri joylashgan Anitkabir yodgorlik majmuasiga tashrif buyurdi.
Bugun poytaxt Anqarada bo'lib o'tadigan muzokaralarda Turkiya va Finlyandiya o'rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarning barcha jihatlari ko'rib chiqiladi va hamkorlikni yaxshilash uchun tashlanishi mumkin bo'lgan qadamlar muhokama qilinadi.
Mazkur tashrif Turkiya va Finlyandiya oʻrtasida diplomatik aloqalar oʻrnatilganiga 100 yil to'lgani munosabati bilan amalga oshirilmoqda. Bu Alexander Stubbning prezident sifatida Turkiyaga qilgan ilk tashrifi hisoblanadi.
Tashrif doirasida ikki tomonlama munosabatlardan tashqari, dolzarb mintaqaviy va global muammolar, ayniqsa G‘azo va ishg‘ol qilingan Falastin hududlaridagi vaziyat hamda Turkiya-Yevropa ittifoqi munosabatlari yuzasidan fikr almashish ham ko‘zda tutilgan.