Finlyandiya prezidenti Alexander Stubb Turkiyaga tashrif buyuradi
Mazkur tashrif Turkiya va Finlyandiya oʻrtasida diplomatik aloqalar oʻrnatilganiga 100 yil to'lgani munosabati bilan amalga oshirilmoqda.
Finlyandiya Prezidenti Alexander Stubb Prezident Rajab Tayyip Erdo'g'anning taklifiga binoan Turkiyaga tashrif buyuradi.
Turkiya prezidenti huzuridagi Kommunikasiya boshqarmasi ma'lum qilishicha, Oliy martabali mehmon 2 oktyabrga qadar Turkiyada bo'ladi.
Bugun poytaxt Anqarada bo'lib o'tadigan muzokaralarda Turkiya va Finlyandiya o'rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarning barcha jihatlari ko'rib chiqiladi va hamkorlikni yaxshilash uchun tashlanishi mumkin bo'lgan qadamlar muhokama qilinadi.
Mazkur tashrif Turkiya va Finlyandiya oʻrtasida diplomatik aloqalar oʻrnatilganiga 100 yil to'lgani munosabati bilan amalga oshirilmoqda. Bu Alexander Stubbning prezident sifatida Turkiyaga qilgan ilk tashrifi hisoblanadi.
Tashrif doirasida ikki tomonlama munosabatlardan tashqari, dolzarb mintaqaviy va global muammolar, ayniqsa G‘azo va ishg‘ol qilingan Falastin hududlaridagi vaziyat hamda Turkiya-Yevropa ittifoqi munosabatlari yuzasidan fikr almashish ham ko‘zda tutilgan..