Venesuela Vitse-prezidenti Turkiyaga tashrif buyurdi
Oliy martabali mehmon poytaxt Anqaradagi prezident saroyida Turkiya Vitse-prezidenti Jevdet Yilmaz tomonidan kutib olindi.
Venesuela Vitse-prezidenti va Neft vaziri Delcy Rodriguez Turkiyaga tashrif buyurdi.
Oliy martabali mehmon poytaxt Anqaradagi prezident saroyida Turkiya Vitse-prezidenti Jevdet Yilmaz tomonidan kutib olindi.
Bo'lib o'tgan uchrashuvda mintaqaviy va global muammolar bilan bir qatorda, ikki davlat o'rtasida ta'lim, madaniyat va savdo sohalarida hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi.
Jevdet Yilmaz uchrashuv chog’ida, Nikolas Maduroning Venesuelada 28-iyul kuni bo’lib o’tgan saylovlarda qayta prezident etib saylanishi munosabati bilan tabriklarini yetkazdi.
Yetakchilar ikki davlat o'rtasidagi o’zaro savdo hajmini 3 milliard dollarga yetkazish va savdoni rivojlantirish uchun amalga oshiriladigan xususlar bo’yicha kelishib oldilar.
Ular qolaversa, energiya va turizm sohalarida hamkorlikni yanada rivojlantirishning ahamiyatiga diqqat qaratdi.
Jevdet Yilmaz Venesuelani Isroilning hujumlariga qarshi tutgan pozitsiyasi munosabati bilan taqdirladi.
U qolaversa, Venesuela muammolarni muloqot yo’li bilan hal qilish uchun demokratik yetuklikka va institutsional salohiyatga ega ekanligini aytdi.
Rodriguez ham Prezident Rajap Tayyip Erdo’g'an bilan Venesuela Prezidenti Nikolas Maduro o'rtasida samimiy aloqalar mavjudligiga diqqat qaratar ekan, Jevdet Yilmazni hamkorlik imkoniyatlarini yaqindan ko’zdan kechirish maqsadida Venesuelaga taklif qildi.