Erdo’g'an Amerika Qo'shma Shtatlariga safar qiladi

Erdo’g’an Nyu-York shahrida bo’lib o’tadigan Birlashgan Millatlar Tashkilotining 79-Bosh Assambleyasi sessiyasida ishtirok etadi.

2189581
Erdo’g'an Amerika Qo'shma Shtatlariga safar qiladi

 

Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g'an 21-26 sentyabr kunlari Amerika Qo'shma Shtatlariga tashrif buyuradi.

Erdo’g’an Nyu-York shahrida bo’lib o’tadigan Birlashgan Millatlar Tashkilotining 79-Bosh Assambleyasida ishtirok etadi.

Davlat rahbari 24-sentyabr kuni BMT minbaridan turib nutq so’zlaydi.

Erdo'g'an o’z nutqida global tizimning adolatsizligini yana bir bor ta'kidlab, BMTni qayta shakllantirish zarurligini ta'kidlaydi.

Ma’lumotga ko’ra, Turkiya yetakchisi Nyu-Yorkda bir qator davlat rabarlari bilan uchrashuv amalga oshiradi.

Uchrashuvlarda mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlardan tashqari mintaqaviy va global muammolar muhokama qilinadi.

Uchrashuvlar manzili BMT Bosh qarorgohi yaqinidagi Turkevi bo'ladi.

Prezident Erdo’g’anning AQShga tashrifi doirasida investorlar bilan uchrashishi kutilmoqda. Yirik kompaniyalarning yuqori martabali rahbarlari bilan Turkiyadagi sarmoya imkoniyatlari va oʻzaro savdoni oshirish masalalari muhokama qilinadi.

Turkiya-AQSh munosabatlarida oxirgi paytlarda erishilgan ijobiy sur'at bilan 100 milliard dollarlik mushtarak savdo hajmi kun tartibida bo'ladi.

 


Tanlangan kalimalar: #Erdo'g'an , #Turkiya

Aloqador xabarlar