Prezident Erdo’g’an, “Boykot” qo’shig’ini baham ko’rish orqali Falastinni qo’llab-quvvatladi

Prezident Rejep Tayyip Erdog’an, sun’iy aql bilan yaratilgan “Boykot” qo’shig’ini baham ko’rish orqali Falastinni qo’llab-quvvatladi.

2188135
Prezident Erdo’g’an, “Boykot” qo’shig’ini baham ko’rish orqali Falastinni qo’llab-quvvatladi

 

Prezident Rejep Tayyip Erdog’an, sun’iy aql bilan yaratilgan “Boykot” qo’shig’ini baham ko’rish orqali Falastinni qo’llab-quvvatladi.

Prezident Erdog'an, ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida bayonotida,

 “Ovozimiz, so’zimiz, duolarimiz, insonparvarlik yordamimiz va qo’limizdagi barcha vositalar bilan G’azo va falastinlik birodarlarimizning yonidamiz.

“Biz ularning olijanob va sharafli qarshiligini doimo qo‘llab-quvvatlashda davom etamiz”, dedi u.

Erdo'g'an o'z postida Adolat va taraqqiyot partiyasi Istanbul deputati va san'atkor Yujel Arzen Hajio'g'ullari tomonidan sun'iy aql bilan yaratilgan "Boykot" qo'shig'ining videosini ham joylashtirdi.

Videoda Isroilning Falastinga uyushtirgan bombali hujumlari, portlashlardan qochgan falastinlik bolalar, boykotga chaqirilgan mahsulotlar va butun dunyo bo‘ylab Falastinni qo‘llab-quvvatlash yurishlari aks etgan kadrlar bor edi.

Prezidentlik aloqalar direktori Fahrettin Altun ham xuddi shu xabarni o'rtoqlashdi va dedi:

Falastin to’liq erkinlikka erishgunga qadar kurashimiz davom etadi”  dedi u.

Prezidentlik Mahkamasi a'zolari ham "Boykot" qo'shig'ini baham ko'rish orqali Falastinni qo'llab-quvvatladi.

G'azoni qo'llab-quvvatlash va Isroilni boykot qilish maqsadida tarqatilgan "Boykot" klipi ijtimoiy media platformalarida eng ko'p muhokama qilingan ro'yxatda edi.

Videoklip bir necha daqiqa ichida yuz minglab marta tomosha qilindi va baham ko'rildi.

"Boykot" xeshtegi ham Qo'shma Shtatlarda trend mavzusiga aylandi.

 

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar