Hakan Fidan Islom hamkorlik tashkiloti sammitida ishtirok etadi
Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan Islom hamkorlik tashkiloti va Arab ligasi yig’ilishida ishtirok etish uchun ertaga Iordaniyaga safar qiladi.
Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan Islom hamkorlik tashkiloti va Arab ligasi yig’ilishida ishtirok etish uchun ertaga Iordaniyaga safar qiladi.
Diplomatik manbalardan olingan ma'lumotlarga ko'ra, Hakan Fidan G'azoda eng qisqa vaqt ichida doimiy sulhning ta'minlanishi uchun IHT va Arab Ligasi doirasida muzokaralarini davom ettirmoqda.
Yig'ilishda "G'azoda davom etayotgan genotsidga chek qo'yish, Isroil-Falastin mojarosiga chek qo'yish va ikki davlat yechimini amalga oshirish uchun tashlanishi mumkin bo'lgan qadamlar muhokama qilinadi.
Shuningdek, G'azoga shoshilinch gumanitar yordam yetkazilishi va shu doirada Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yaqin Sharqdagi falastinlik qochqinlarga yorda agentligi (UNRWA) faoliyatini qo'llab-quvvatlash masalasi muhokama qilinadi.
Hakan Fidan Falastin davlatining BMTga toʻlaqonli aʼzo boʻlishi va koʻproq davlat tomonidan tan olinishi uchun bu tashabbusga qarshi chiqqan Isroil va boshqa davlatlarga bosimni kuchaytirish va genotsid ishi boʻyicha sud ochilganini taʼkidlab, uni qo'llab-quvvatlashga chaqiradi.
Tashrif doirasida Islom hamkorlik tashkiloti va Arab ligasi vazirlarining Iordaniya qiroli Abdullah II tomonidan qabul qilinishi kutilmoqda.