Sudan boshqaruvi Turkiya hukumati va xalqiga minnatdorlik bildirdi

Sudan suvereniteti kengashi raisi o‘rinbosari Malik Agar Turkiyaning mamlakatdagi elchisi Fatih Yildizni qabul qildi.

2187709
Sudan boshqaruvi Turkiya hukumati va xalqiga minnatdorlik bildirdi

 

Sudan suvereniteti kengashi raisi o‘rinbosari Malik Agar Turkiya hukumati va xalqiga Sudan boshqaruvi va xalqiga ko‘rsatgan yordamlari uchun minnatdorchilik bildirdi.

Suverenlik kengashidan berilgan bayonotga ko'ra, Malik Agar Turkiyaning mamlakatdagi elchisi Fatih Yildizni qabul qildi.

U uchrashuv chog’ida urush davrida Sudan xalqiga ko’rsatilgan yordamlar uchun Turkiya hukumati va xalqiga minnatdorchilik bildirdi.

U shuningdek, Turkiya Sudanni har sohada, ayniqsa, insonparvarlik sohasida qo'llab-quvvatlagan pozitsiyasini olqishladi. Ayni vaqtda munosabatlarni mustahkamlash va turli sohalarda hamkorlikni ikki davlat manfaatlariga xizmat qiladigan tarzda davom ettirish istagida ekanini bildirdi.

Turkiyaning mamlakatdagi elchisi Fatih Yildiz o’z navbatida Turkiya Sudan xalqiga urush tufayli boshdan kechirayotgan murakkab davrni yengillashtirish uchun ko'rsatishi mumkin bo'lgan yordam faoliyatlari ko’zdan kechirilganini aytdi.

Turkiyaning Sudan bilan qishloq xo’jaligi va tog’-kon sohalarida hamkorlikni rivojlantirish istagi borligini ta’kidlagan Yildiz, yaqin kelajakda madaniy va savdo aloqalarini ilgari surish va rivojlantirishga harakat qilishini ta’kidladi.

U shuningdek, Turkiya Sudan xalqi va hukumatiga ko'proq yordam ko'rsatishni qo'llab-quvvatlash borasidagi sa'y-harakatlarini davom ettirish qarorida qat’iy ekanini ta'kidladi.

Bundan tashqari, urush, suv toshqinlari va epidemiyalardan jabrlangan aholiga chodir, oziq-ovqat va dori-darmonlarni olib ketayotgan turk kemasi yaqinda Sudanga yo'l olishi ma’lum qilindi.

 


Tanlangan kalimalar: #Sudan , #Turkiya

Aloqador xabarlar