Hakan Fidan bugun O‘zbekistonga tashrif uyushtiradi

Hakan Fidan bugun Ali Yerlikaya va Ibrahim Kalin bilan O‘zbekistonga tashrif uyushtiradi.

2186276
Hakan Fidan bugun O‘zbekistonga tashrif uyushtiradi

Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan bugun Ichki Ishlar vaziri Ali Yerlikaya va Milliy Razvedka tashkiloti rahbari Ibrahim Kalin bilan O‘zbekistonga tashrif uyushtiradi.

Diplomatik manbalardan olingan ma’lumotlarga ko‘ra Hakan Fidan, Yerlikaya va Kalinning O‘zbekistonga bo‘lgan tashrifi chog‘ida ilk marotaba uch tomonli formatda uchrashuv o‘tkaziladi.

Unda ikki tomonlama siyosiy va iqtisodiy aloqalar hamda xavfsizlik sohasidagi hamkorlik baholanadi.

Yig‘ilishdan tashqari Turkiya bilan O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlarni institutsional sohada yanada mustahkamlashni ko‘zlagan faoliyatning yakuniy nuqtaga olib kelinishi rejalashtirilmoqda.

Hakan Fidan mazkur tashrif doirasida o‘zbek hamkasbi Baxtiyor Saidov bilan uchrashishi kutilmoqda.

Unda, joriy yilning iyun oyida Turkiya - O‘zbekiston o‘rtasida bo‘lib o‘tgan Oliy darajali strategik hamkorlik kengashining uchinchi yig‘ilishida qabul qilingan qarorlar ham kuzatiladi.

Shu doirada iqtisodiyot, mudofaa sanoati, energetika, transport, madaniyat, ta’lim, tartibsiz migratsiya, terrorizmga qarshi kurash va xavfsizlik sohalaridagi aloqalarning muhokama qilinishi mumkin.

Tashrif doirasida mintaqadagi oxirgi vaziyatlar bilan mintaqadagi va dunyodagi tashkilotlar, ayniqsa Turkiy Davlatlari Tashkiloti (TDT) bilan hamkorlik masalalari har tomonlama baholanadi.

Shuningdek, Hakan Fidanning O‘zbekistonda Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilinishi kutilmoqda.

 



Aloqador xabarlar