Prezident Erdo‘g‘an: Bu yil Turkiyaning turizm mavsumi yaxshi o‘tdi

Erdo‘g‘an vazirlar kengashi yig‘ilishi ortidan xalqqa xitob etdi.

2185382
Prezident Erdo‘g‘an: Bu yil Turkiyaning turizm mavsumi yaxshi o‘tdi

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘anning qayd etishicha bu yil Turkiyaning turizm mavsumi yaxshi o‘tdi. Mamlakat, 60 million nafar sayyohga mezbonlik qilish rejasini amalga oshiradi.

Erdo‘g‘an vazirlar kengashi yig‘ilishi ortidan xalqqa xitob etdi. 

Prezident, 1 - sentabrda xizmatga tushgan Rixos Tersane Istanbul mehmonxonasining Istanbul turizmi va uning tanitilishiga ulkan hissa qo‘shishiga ishonchi komil ekanini ifoda etdi.

O‘tgan yili Istanbulga 17 million 370 ming nafar, mamlakatning turli burchaklariga esa 56 million 700 ming nafar sayyoh kelganini yodga solgan Prezident Erdo‘g‘an, «Bu yil 60 million sayyoh, 60 milliard dollar daromad olishni rejalashtirmoqdamiz. Yilning dastlabki 7 oyida 35 million sayyohga quchoq ochdik. Mintaqamizdagi qizg‘in to‘qnashuvlarga qaramay, turizm mavsumi yaxshi o‘tmoqda. Bu sohada 2024 - yilgi rejalarimizni amalga oshirishimizga ishonchim komil», - degan ifodalarga o‘rin berdi.



Aloqador xabarlar