Hakan Fidan Arab Ligasi Tashqi Ishlar vazirlari kengashida ishtirok etadi

Turkiya ertaga bo‘lib o‘tadigan Arab Ligasi Tashqi Ishlar vazirlari kengashiga taklif qilindi.

2184952
Hakan Fidan Arab Ligasi Tashqi Ishlar vazirlari kengashida ishtirok etadi

Turkiya olib borayotgan normallashuv jarayonlari va uning Yaqin Sharqdagi muhim roli mintaqadagi davlatlarning Turkiya bilan yaqinlashish jarayonini ham tezlashtirmoqda.

Turkiya ertaga bo‘lib o‘tadigan Arab Ligasi Tashqi Ishlar vazirlari kengashiga taklif qilindi.

Diplomatik manbalardan olingan ma’lumotlarga ko‘ra taklif Turkiyaning Misr, Birlashgan Arab Amirliklari va Saudiya Arabistoni kabi davlatlar bilan olib borilgan normallashuv jarayonlari va Turkiyaning mintaqadagi roliga bo‘lgan qiziqishning aksidir.

Yig‘ilishda qatnashadigan Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidanning mintaqadagi, ayniqsa, G‘azodagi oxirgi vaziyatga e’tibor qaratishi kutilmoqda.

Arab Ligasi Tashqi Ishlar vazirlari kengashi bir yilda ikki marta Misr poytaxti Qohirada yig‘ilish o‘tkazmoqda.



Aloqador xabarlar