Isroilda turk faoli Ayshenur Ezgi Eygi o'ldirildi
Nablus shahrida Isroil ishg'oliga qarshi o'tkazilgan tinch namoyishlarga qatnashgan turk faoli Ayshenur Ezgi Eygi, Isroil askarlari tomonidan ochilgan otishma natijasida boshidan o'q yegan holda hayotdan ko'z yumdi.
Nablus shahrida Isroil ishg'oliga qarshi o'tkazilgan tinch namoyishlarga qatnashgan turk faoli Ayshenur Ezgi Eygi, Isroil askarlari tomonidan ochilgan otishma natijasida boshidan o'q yegan holda hayotdan ko'z yumdi.
Isroil armiyasi G'arbiy Sohilda har juma kuni bo'lib o'tadigan ishg'olga qarshi namoyishlarga aralashdi.
Isroil askarlari tomonidan ochilgan otishma natijasida Amerika fuqaroligiga ham ega Ayshenur Ezgi Eygi boshidan jiddiy jarohat oldi.
Nablusdagi shifoxonaga olib ketilgan Eygining vafot etgani ma'lum qilindi.
Voqea joyida 3 falastinlik yaralangani ma'lum qilindi.
Eygi otib tashlangan paytga guvoh bo'lgan isroillik faol, bu voqea G'azoda sodir bo'lgan genotsidning bir qismi ekanligini aytdi. U Eygi aniq nishonga olinganini tushuntirdi.
U inson huquqlari faoli va Xalqaro birdamlik harakati (ISM) ko‘ngillisi bo‘lib, Isroil tomonidan Falastin erlarini bosib olishiga qarshi tinch va fuqarolik usullari orqali falastinliklarni qo‘llab-quvvatlardi.
Ayshenur Ezgi Eygi Isroilning genotsid kuchlari tomonidan o'ldirilgan birinchi AQSh fuqarosi emas.
Xuddi shu harakatga mansub tinchlik faoli Reychel Korri ham Isroil tomonidan sovuq qon bilan o'ldirilgan AQSh fuqarosi edi.
Reychel 2003-yilning 16-martida Falastin uylarining buzilishiga qarshi chiqqanida Isroil armiyasiga tegishli zirhli buldozer tomonidan ezilib o‘ldirilgan edi.
Eljezire televideniyesi muxbiri Amerika fuqarosi Shirin Abu Akile isroillik snayper tomonidan boshini nishonga olgan holda o'ldirildi edi.
Shirin “press” yozuvi tushirilgan jilet kiyib, xizmat vazifasini bajarayotganda o‘ldirilgan.