Tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan, Kosovoda uchrashuvlarini davom ettirmoqda

Misr va Turkiya ikki davlatning ham ikki tomonlama, ham mintaqaviy munosabatlardagi imkoniyatlarini to’liq ro’yobga chiqarish uchun to’liq irodaga ega”  dedi u.

2184179
Tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan, Kosovoda uchrashuvlarini davom ettirmoqda

 

Tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan,

Misr va Turkiya ikki davlatning ham ikki tomonlama, ham mintaqaviy munosabatlardagi imkoniyatlarini to’liq ro’yobga chiqarish uchun to’liq irodaga ega”  dedi u.

Vazir Fidan Prishtinada Kosovo Bosh vazir o'rinbosari, Tashqi ishlar va diaspora vaziri Donika Gervalla-Schvarz bilan o'tkazilgan mushtarak matbuot anjumanida so'zladi.

Vazir Fidan, "Misr Falastin masalasida va G'azo masalasida oldingi o'lkadir. Ular bu mavzuda ham qurbon, ham tarafdirlar.

G’azoga gumanitar yordam ko’rsatish va G’azodagi urushni to’xtatish kabi masalalarda  juda katta rol o’ynamoqda”.

Uning ta'kidlashicha, Misr Rafah chegara darvozasi ochiq bo'lgan paytda G'azoga yordam yetkazilishida katta rol o'ynagan.

Fidan, El-Arish portidagi yordam faoliyatlari doirasida Misr Qizil yarim oy jamiyati, Turk Qizil Yarim oy jamiyati va Tabiiy ofat va Favqulodda vaziyatlar boshqaruvi raisligi (AFAD)ning mushtarak ishini ko'rganini ta'kidladi.

"Misrga, ayniqsa, Falastin masalasida katta yordam berishimiz kerak. Yolg’iz  qo'ymasligimiz kerak". - dedi u.

Fidan, Misr bilan Afrikada barqarorlikni ta'minlash borasida xalqaro maydonda fikr almashganliklarini bildirdi.

U Liviya, Somali va Sudandagi mojarolarni tugatish, shuningdek, beqaror muhitni bartaraf etish uchun hamkorlikning muhimligiga to‘xtaldi.

Fidan, shuningdek, Misr tomoni bilan Afrikaning qolgan qismidagi ehtimoliy sarmoya va savdo masalalari yuzasidan samarali muzokaralar olib borganliklarini bildirdi.

Vazir Fidan,

“Misr va Turkiya, Prezidentimiz (Rajab Toyyib Erdo‘g‘an)ning qarashlariga muvofiq,

 Ikki mamlakat ham ikki tomonlama, ham mintaqaviy munosabatlarda mavjud bo‘lgan barcha imkoniyatlarni ro‘yobga chiqarish va amalga oshirish uchun ularda to‘liq iroda bor.

“Oʻrtamizdagi munosabatlar yaqin kelajakda yanada tizimli asosda yoʻlga qoʻyilishi va mintaqada oʻrnak boʻlishiga ishonaman”, - dedi u.

 

 

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar