Prezident Erdog’an, Sivas Kongressining 105 yilligi munosabati bilan bayonot berdi

Prezident Rejep Toyyib Erdo'g'an, Sivasda 105 yil avval istiqlol va vatan muhabbati bilan yondirilgan mash’ala hamon Turkiyaning zamonaviy tsivilizatsiya yurishidagi yo’lini yoritib kelayotganini ta’kidladi.

2183085
Prezident Erdog’an, Sivas Kongressining 105 yilligi munosabati bilan bayonot berdi

 

Prezident Erdog’an, Sivas Kongressining 105 yilligi munosabati bilan bayonot berdi

Prezident Rejep Toyyib Erdo'g'an, Sivasda 105 yil avval istiqlol va vatan muhabbati bilan yondirilgan mash’ala hamon Turkiyaning zamonaviy tsivilizatsiya yurishidagi yo’lini yoritib kelayotganini ta’kidladi. Sivas kongressida har xil imkonsizlikka qaramay birdamlikni saqlab qolgan turk millatining ozodlik urushini g’alaba bilan yakunlaganini eslatgan Erdog’an, Kelajakning muhim boshlang'ich nuqtalaridan biri bo'lgan Qurultoyda qabul qilingan tarixiy qarorlar nafaqat mustaqillik urushiga yo'l ochibgina qolmay, balki respublikaning kelajagini ham belgilab berganini ta'kidladi.

Prezident Erdo’g’an o’z bayonotida  quyidagilarni qayd etdi:

“105 yil muqaddam Sivasda istiqlol va vatan muhabbati bilan yondirilgan mash’ala bugun ham zamonaviy sivilizatsiya sari yurishimizda yo‘limizni yoritib turibdi.

Shonli tariximiz bilan faxrlanadigan, qahramon ajdodlarimiz kabi ruh va ongga ega bo‘lgan yosh avlodlar yurtimizni Turk Asri maqsadi sari olib boradi.

Bugun biz Sivas Kongressida qabul qilingan qarorlarga sodiqlik va Turkiya Respublikasining asoslarini tashkil etishni anglagan holda qadam tashlamoqdamiz.

Sivas Kongressining yilligida barcha qahramonlarimizni, ayniqsa Gazi Mustafo Kamolni hurmat va minnatdorchilik bilan yodga olamiz.

“Sivasliklarni va ushbu Kongressga mezbonlik qilgan barcha fuqarolarimni chin yurakdan tabriklayman” dedi.



Aloqador xabarlar