Misr Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi Turkiyaga rasmiy tashrif bilan keldi

Prezident RejeP Toyyib Erdo'g'anning taklifiga javoban Misr Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi bugun ilk bor Turkiyaga rasmiy tashrif bilan keldi.

2183242
Misr Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi Turkiyaga rasmiy tashrif bilan keldi

 

Anqara 12 yildan keyin Misrdan Prezident tashrifiga mezbonlik qilmoqda.

Prezident RejeP Toyyib Erdo'g'anning taklifiga javoban Misr Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi bugun ilk bor Turkiyaga rasmiy tashrif bilan keldi.

Prezident Erdog’an tomonidan Esenbo’g’a aeroportida kutib olingan Sisi uchun Prezidentlik majmuasida rasmiy kutib olish marosimi o’tkaziladi.

Prezidentlar Turkiya-Misr Oliy darajali strategik hamkorlik kengashi yig'ilishiga raislik qiladi.

Ikki davlat o'rtasidagi 10 milliard dollarga etgan savdo hajmidagi yangi maqsad 15 milliard dollar.  Ushbu maqsadga erishish yo‘lida olib boriladigan qadamlar baholanadi.

Energetika, sog'liqni saqlash, turizm va mudofaa sanoati sohalarida uzoq muddatli hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilinadi.

Isroil tomonidan G'azoda amalga oshirilgan genotsid va mintaqaga yetkazilgan insonparvarlik yordamlari ham tashrifning asosiy kun tartibidan.

Erdo'g'an va Sisi qisqa vaqt ichida o't ochishni to'xtatish uchun tashlanishi mumkin bo'lgan mushtarak qadamlarni baholaydi. Mintaqaviy masalalarda doimiy barqarorlik, tinchlik va osoyishtalikni o'rnatish uchun nimalar qilish mumkinligi muhokama qilinadi.

 

 

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiyada , #Abdulfattoh as-Sisi , #Misr

Aloqador xabarlar