Diyarbakirlik onalarning tashabbusi bilan 6 yil ichida 55 nafar PKK a'zosi taslim bo’ldi

Vazir Yerlikaya o'zining ijtimoiy media hisobidagi postida Diyarbakir onalari tashabbusi bilan o'tkazilayotgan navbat namoyishi 6-yilga kirganini eslatdi.

2183111
Diyarbakirlik onalarning tashabbusi bilan 6 yil ichida 55 nafar PKK a'zosi taslim bo’ldi

 

Ichki ishlar vaziri Ali Yerlikaya, bo'lginchi terror tashkiloti PKK tomonidan tog'larga o'g'irlab ketilgan farzandlari uchun sobiq Xalqlarning Demokratik partiyasi (HDP) viloyat binosi oldida o'tirib namoyish uyushtirgan Diyarbakirlik onalarning  navbat namoyishi bilan tashkilotning 55 nafar a'zosi 6 yil ichida taslim bo'lishga ko'ndirilgani ma'lum qilindi.

Vazir Yerlikaya o'zining ijtimoiy media hisobidagi postida Diyarbakir onalari tashabbusi bilan o'tkazilayotgan navbat namoyishi 6-yilga kirganini eslatdi.

Onalarning sabr va rahm-shafqat namunasi ekanligini, dardini o'z ichiga to'kishlarini tilga olgan Yerlikaya o'z postiga quyidagi fikrlarni kiritdi:

“Ammo farzandlari haqida gap ketganda, u Diyarbakir devorlaridek mustahkam turadi. Ularning  hushyorligi bilan terror tashkilotining 55 nafar aʼzosi 6 yil ichida taslim boʻlishga koʻndirildi.

“Prezidentimiz janob Rejep Tayyip Erdog’an boshchiligida qahramon armiyamiz, qahramon xavfsizlik kuchlarimiz, davlatimizning barcha muassasa va tashkilotlari bilan birgalikda terrorning boshini tor-mor etyapmiz, bundan keyin ham shunday qilamiz. " deya qayd etdi.

 

 



Aloqador xabarlar