Prezident Erdo’g'an, poytaxt Anqarada Oliy sud raisligida Sud yilining ochilish marosimida so'zladi

Prezident Rejep Tayyip Erdo’g'an, Turkiyaning tinch aholi tomonidan yasaladigan yangi, qamrovli va liberal konstitutsiyaga tayyor ekanligini bildirdi.

2182431
Prezident Erdo’g'an, poytaxt Anqarada Oliy sud raisligida Sud yilining ochilish marosimida so'zladi

 

Prezident Rejep Tayyip Erdo’g'an, Turkiyaning tinch aholi tomonidan yasaladigan yangi, qamrovli va liberal konstitutsiyaga tayyor ekanligini bildirdi.

Prezident Erdo’g'an, poytaxt Anqarada Oliy sud raisligida 2024-2025 Sud yilining ochilish marosimida so'zlagan nutqida:

“Odamlarga e’tibor qaratadigan, tez va samarali faoliyat yurituvchi tizimni barpo etish bizning adliya siyosatimizning eng muhim maqsadidir”. - dedi u.

Turkiya asrining sud qarashlarini qonun ustuvorligiga asoslangan, tezkor, ishonchli va bashorat qilinadigan adolat tizimi sifatida belgilaganliklarini izohlagan Erdog'an:

Turk asrini adolat asriga aylantirish maqsadini yangi fuqarolik konstitutsiyasi bilan toj qilmoqchi ekanliklarini ta'kidladi.

Erdo'g'an, jamiyatning turli tabaqalarining hissasini eng keng konsensus bilan olgan holda, bu jarayonni sog'lom fikr bilan boshqarishni istashlarini bildirdi.

“Aslida Turkiya tinch aholi tomonidan yasaladigan yangi, qamrovli va liberal konstitutsiyaga tayyor”, dedi prezident.

Yangi konstitutsiya mavzusidagi eng katta to'siqning  noto’g’ru tushunish ekanligini ta'kidlab, muxolifatni "Tinch aholining konstitutsiya qilishiga kelganda o'rganilgan nochorlik holatini boshdan kechirmoqdalar" degan so'zlar bilan tanqid qildi.

Erdog'an, yangi qonunchilik yilida (1-oktabrda boshlanadigan) siyosiy partiyalar o'rtasidagi dialog asosini mustahkamlab, bu muammoni yengib o'tishlariga ishonganliklarini bildirdi.

 

 

 



Aloqador xabarlar