Prezident Erdo’g’an, 30 avgust G'alaba bayrami maxsus kontsert dasturida bayonot berdi

Prezident Rejep Toyyib Erdo'g'an, – So‘nggi 22 yil ichida mudofaa sanoati sohasida erishgan yutuqlarimiz do‘stlarimizga ishonch, yomon ko‘zlarda qo‘rquv uyg‘otadi. - dedi u.

2181765
Prezident Erdo’g’an, 30 avgust G'alaba bayrami maxsus kontsert dasturida bayonot berdi

 

Prezident Rejep Toyyib Erdo'g'an,

– So‘nggi 22 yil ichida mudofaa sanoati sohasida erishgan yutuqlarimiz do‘stlarimizga ishonch, yomon ko‘zlarda qo‘rquv uyg‘otadi. - dedi u.

Erdo’g'an, poytaxt Anqaradagi Prezidentlik majmuasida uyushtirilgan "30 avgust G'alaba bayramiga bag'ishlangan maxsus kontsert" dasturida so'zlagan nutqida: “Xalq sifatida maqsad sari yo’naltirilganmiz” deya birlik va hamjihatlik xabarini berdi.

Prezident,

“Buyuk G‘alabadan olgan ilhom va jasorat bilan yurtimizni yorug‘, farovon kelajak sari olib borish uchun bor kuch-g‘ayratimiz bilan mehnat qilmoqdamiz.

“Soʻnggi 22 yil ichida mudofaa sanoati sohasida erishgan yutuqlarimiz doʻstlarimizga ishonch, yomon koʻzlarda qoʻrquv uygʻotadi.

Erdo'g'an, TCG Anadolu dunyodagi birinchi SIHA kemasi ekanligini aytdi.

"Hozir uning kattaroq samolyot tashuvchi kemasiga tayyorgarlik ko'rilmoqda. Va umid qilamizki, biz uni tezroq armiyamiz safiga qo'shamiz". - dedi u.

Prezident Erdo’g'an, uchuvchisiz havo vositalari, KAAN, HURJET, HURKUŞ, ATAK, GO’KBEY, "ko'k vatan" posboni bo'lgan fregat va suv osti kemalari, urush adabiyotiga kirib kelgan Fırtına gaubitsalari, Altay tanki, raketalar, havo mudofaasi va ko'plab mudofaa qobiliyatlari bilan to'liq mustaqil Turkiya ideali sari qat'iy qadam tashlayotganliklarini ta'kidladi.

Boshqa tomondan, Prezident Rejep Tayyip Erdo’g'an, terrorga qarshi kurashda zarracha zaiflik ko'rsatilmasligini ta'kidladi.

Prezident Erdog'an, kecha Milliy Mudofaa Universiteti Harbiy Akademiyasi Diplomlarini qabul qilish va Bayroq topshirish marosimida so'zlagan nutqida:

“Agar biz bu terroristlarni  yo’q  qilgan bo’lsak, xuddi shu qat’iyat bilan ularni  yo’q  etishda davom etamiz. Prezident o'z nutqida Falastinni qo'llab-quvvatlash Turkiya uchun muhim ekanligini ham ta'kidladi.

“Kim Quddus biz uchun nimani anglatadi?” desa, bu xalqning tarixini bilmaydi  degani. Biz Quddusdan yuz o‘gira olmaymiz”, dedi Erdo‘g‘an;

“Biz bilan falastinlik birodarlarimiz orasiga hech kim devor qura olmaydi.

 

 

 

 

 

 


 

 



Aloqador xabarlar