Turkiya - Iroq xavfsizlik mexanizmi yig‘ilishi Anqarada bo‘lib o‘tadi
Turkiya va Iroq o‘rtasidagi yuqori darajali xavfsizlik mexanizmi yig‘ilishi ertaga Anqarada bo‘lib o‘tadi.
2175373
Turkiya va Iroq o‘rtasidagi yuqori darajali xavfsizlik mexanizmining to‘rtinchi yig‘ilishi ertaga poytaxt Anqarada bo‘lib o‘tadi.
Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan bilan Iroq Bosh vazir o‘rinbosari va Tashqi Ishlar vaziri Fuad Husayin, hamrohligidagi hay’at bilan Anqarada uchrashadi.
Diplomatik manbalardan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, ikki davlat vazirlari boshchiligida o‘tadigan yig‘ilishdan maqsad Turkiya va Iroq o‘rtasidagi hamkorlikni institutsional va barqaror bir doirada yo‘lga qo‘yishdir.