Hakan Fidan Turkmaniston TIV rahbari Rashid Meredov bilan uchrashdi

“Vazirimiz Hakan Fidan Anqarada Turkmaniston Vazirlar Kengashi raisi o’rinbosari va tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov bilan uchrashdi”,- deyiladi Vazirlikning X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida.

2175528
Hakan Fidan Turkmaniston TIV rahbari Rashid Meredov bilan uchrashdi

 

Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan poytaxt Anqarada Turkmaniston Vazirlar Kengashi raisi o’rinbosari va tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov bilan uchrashdi.

“Vazirimiz Hakan Fidan Anqarada Turkmaniston Vazirlar Kengashi raisi o’rinbosari va tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov bilan uchrashdi”,- deyiladi Vazirlikning X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida.

Diplomatik manbalardan olingan ma'lumotga ko'ra, Hakan Fidan va Rashid Meredov Turkiya va Turkmaniston o'rtasida imzolanadigan yangi shartnomalar bilan iqtisodiyot sohasida hamkorlikni chuqurlashtirish imkoniyatlarini muhokama qilgan.

Qayd etilishicha, Turkiya va Turkmaniston 5 milliard dollarlik savdo hajmiga erishishni maqsad qilgan.

Bundan tashqari, transport masalasini osonlashtirish uchun qo'yilishi kerak bo'lgan qadamlar muhokama qilingani va Turkman tabiiy gazining Turkiya va Yevropa bozorlariga o'tkazilishi bo'yicha hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilingani qayd etilgan.

Uchrashuvda G'azodagi so'nggi vaziyat va Ukrainadagi o'zgarishlar bo'yicha fikr almashilgan.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Turkmaniston , #Hakan Fidan

Aloqador xabarlar