Prezident o'rinbosari Jevdet Yilmaz, kamida 100 Falastinlik halok bo'lgan hujumni qoraladi

Prezident o'rinbosari Jevdet Yilmaz, Isroil armiyasining G'azo shahrida ko'chirilganlar boshpana topgan maktabga uyushtirgan va kamida 100 Falastinlik halok bo'lgan hujumni qoraladi.

2173864
Prezident o'rinbosari Jevdet Yilmaz, kamida 100 Falastinlik halok bo'lgan hujumni qoraladi

 

Prezident o'rinbosari Jevdet Yilmaz, Isroil armiyasining G'azo shahrida ko'chirilganlar boshpana topgan maktabga uyushtirgan va kamida 100 Falastinlik halok bo'lgan hujumni qoraladi.

Yilmaz, ijtimoiy media hisobi orqali bergan bayonotida, Isroil armiyasining maktabga uyushtirgan hujumida kamida 100 Falastinlik hayotdan ko'z yumganini bildirdi.

O'nlab insonlarning jarohatlanganini eslatib, shahidlarga rahm-shafqat, yaradorlarga esa shifo tiladi.

Qilgan zulm va qatliomlarni, ularga sukut saqlagan va ishtirok etayotganlarni yana bir bor qoralaganini ta'kidlagan Yilmaz, "Bugungidek, zulm va qatliomlarni qoraladi.

“Qonga chanqoq, har xil provokatsiyalar bilan diplomatiyani sabotaj qilayotgan, mintaqaviy va global tinchlikka tahdid solayotgan Netanyaxu hukumati insoniyat vijdoni va xalqaro huquq oldida javobgarligini oshirishda davom etmoqda.

Ular fashistik yondashuv bilan yovuzlikni arzimas holga keltirish, shafqatsizlikni odatga aylantirish, insoniy fazilatlarni himoya qiluvchilarning ma’naviy kuchini sindirishga qodir bo‘lmaydi.

Insoniyatning umumiy xotirasida saqlanib qolgan bu vahshiyliklar zolimlarni hech qachon ortda qoldirmaydi. Adolat, insoniylik va tinchlik oxir-oqibat g'alaba qozonadi.

Tuproqlari ishg’ol ostida bo’lgan, urush mashinalariga qarshi butun insoniyat nomidan ulug’vor qarshilik ko’rsatayotgan mazlum Falastin xalqi bilan barcha imkoniyatlarimiz bilan birdamligimizni davom ettiramiz.

Poytaxti Sharqiy Quddus boʻlgan erkin va mustaqil Falastin davlati uchun saʼy-harakatlarimiz uzluksiz davom etadi.

Biz barcha davlat va muassasalarni ishg‘ol va zulmni to‘xtatish uchun tarixiy va insonparvarlik burchlarini bajarishga, kech bo‘lsa ham o‘z burchlarini bajarishga chaqiramiz” dedi.

 

 

 

 



Aloqador xabarlar