Islomobodda Turkiya va Pokiston savdo vazirlari uchrashuvi bo'lib o'tdi
Uchrashuvda ikki davlat oʻrtasidagi iqtisodiy aloqalar va sarmoyaviy imkoniyatlar ko'zdan kechirildi.
Turkiya savdo vaziri O’mer Bolat Pokistonga rasmiy ziyorat amalga oshirdi.
U tashrif doirasida poytaxti Islomobodda mamlakat moliya vaziri Muhammad Aurangzeb bilan uchrashdi.
Uchrashuvda ikki davlat oʻrtasidagi iqtisodiy aloqalar va sarmoyaviy imkoniyatlar ko'zdan kechirildi.
O'mer Bolat ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida uchrashuv tafsilotlarini ma'lum qildi.
Bolatning taʼkidlashicha, uchrashuv chogʻida ikki davlat oʻrtasidagi iqtisodiy aloqalar, investor va eksportchi kompaniyalarning ustuvor masalalari, hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilingan.
Ta'kidlash joizki, o'tgan yili Turkiya bilan Pokiston o'rtasidagi savdo hajmi 1 milliard dollardan, sarmoya hajmi esa 2 milliard dollardan oshganini eslatgan O'mer Bolat, "Pokiston bilan savdo hajmini 5 milliard dollarga oshirishni maqsad qilyabmiz",- dedi.
Savdo vaziri ikki davlat oʻrtasidagi hamkorlik sohalarini diversifikatsiya qilish boʻyicha saʼy-harakatlar davom etishini taʼkidladi.
Aloqador xabarlar
Prezident Erdo‘g‘an: Bu yil Turkiyaning turizm mavsumi yaxshi o‘tdi
Erdo‘g‘an vazirlar kengashi yig‘ilishi ortidan xalqqa xitob etdi.