Turkiya Isroilga qarshi da’vo bo'yicha hujjatlarni sudga topshirdi

"Biz Falastinliklarning manfaatlarini himoya qilgan holda, bu da’voni oxirigacha kuzatib boramiz. Bugundan boshlab Turkiya Isroilga qarshi da’voga hujjat topshirib qo‘shildi" deyiladi bayonotda.

2173231
Turkiya Isroilga qarshi da’vo bo'yicha hujjatlarni sudga topshirdi

 

Anqara Janubiy Afrika Respublikasining Isroilga qarshi da’vosiga qo‘shilish uchun hujjatlarni Xalqaro sudga topshirdi.

Bu haqda Turkiya parlamenti adliya qo‘mitasi rahbari Juneyt Yuksel ma'lum qildi.

"Biz Falastinliklarning manfaatlarini himoya qilgan holda, bu da’voni oxirigacha kuzatib boramiz. Bugundan boshlab Turkiya Isroilga qarshi da’voga hujjat topshirib qo‘shildi" deyiladi bayonotda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu hujjatda BMT hisobotlari va boshqa tegishli hujjatlar mavjud.

Anqaraning sud jarayoniga qo‘shilish niyati haqida 5 avgust kuni Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan ma’lum qilgandi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya

Aloqador xabarlar