Numan Kurtulmush Rossiya Davlat Dumasi raisi bilan muloqot qildi

Vyacheslav Volodin suhbat chog'ida Turkiya parlamenti rahbari Numan Kurtulmushni 28-29 noyabr kunlari Rossiyada boʻlib oʻtadigan “Terrorizmga qarshi kurash va mintaqaviy aloqalar konferensiyasi”ga taklif qildi.

2172366
Numan Kurtulmush Rossiya Davlat Dumasi raisi bilan muloqot qildi

 

Turkiya parlamenti rahbari Numan Kurtulmush Rossiya Davlat Dumasi raisi Vyacheslav Volodin bilan telefon orqali muloqot qildi.

Bu haqda parlament matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko'ra, suhbat chog'ida Vyacheslav Volodin Turkiya parlamenti rahbari Numan Kurtulmushni 28-29 noyabr kunlari Rossiyada boʻlib oʻtadigan “Terrorizmga qarshi kurash va mintaqaviy aloqalar konferensiyasi”ga taklif qildi.

Taklif uchun minnatdorchilik bildirgan Numan Kurtulmush sentyabr oyida hamrohlikdagi parlament delegatsiyasi bilan Moskvaga rasmiy ziyorat amalga oshirishini ma'lum qildi.

Uning ta'kidlashicha, tashrif chog'ida konferensiyaga tayyorgarlik, shuningdek ikki tomonlama masalalar batafsil muhokama qilinadi.

Terrorizm dunyoda mushtarak tahdid ekanligini va ko'plab davlatlar terror tahdidi ostida ekanini ta'kidlagan Kurtulmush, ba'zi yirik davlatlar terror tashkilotlaridan urushi quroli sifatida foydalanganini aytdi.

Isroil G'azoda qariyb bir yildan beri hujum uyushtirganiga diqqat qaratgan Numan Kurtulmush, bu hujumlarni yana bir bor qoraladi.

U shuningdek, Isroil Tehronda Xamas yetakchisi Ismoil Xaniyani o'ldirishi davlat terrorizmining yorqin namunasi ekanligini ta'kidladi.

 


Tanlangan kalimalar: #Numan Kurtulmush , #Rossiya , #Turkiya

Aloqador xabarlar