Jevdet Yilmaz Shimoliy Kipr Turk Respublikasi bosh vaziri bilan uchrashdi
Prezident saroyida bo'lib o'tgan uchrashuv 2024-yilga moʻljallangan Iqtisodiy va moliyaviy hamkorlik kelishuvi jarayoni va Shimoliy Kipr Turk Respublikasini rivojlantirish loyihalariga qaratilgan.
Turkiya Vitse-prezidenti Jevdet Yilmaz rasmiy tashrif bilan Anqaraga kelgan Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Bosh vaziri Unal Ustel bilan uchrashdi.
Prezident saroyida bo'lib o'tgan uchrashuv 2024-yilga moʻljallangan Iqtisodiy va moliyaviy hamkorlik kelishuvi jarayoni va Shimoliy Kipr Turk Respublikasini rivojlantirish loyihalariga qaratilgan.
"Kipr turk xalqining farovonligini oshirish va Shimoliy Kipr Turk Respublikasini rivojlantirish hamda mustahkamlash bizning ustuvor vazifamizdir, shuning uchun kelgusi davrda ham samarali hamkorlik, muvofiqlashtirish va birdamlik yo'lidagi faoliyatimizni davom ettiramiz",- deydi Jevdet Yilmaz.
U shuningdek, Turkiya sifatida Kipr turklarining adolatli da'vosini xalqaro hamjamiyatga tushuntirish va Shimoliy Kipr Turk Respublikasini qo'llab-quvvatlashda davom etishlarini ta'kidladi.
Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Bosh vaziri Unal Ustel kunning ikkinchi yarmida Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan bilan ham uchrashdi.
Aloqador xabarlar
Prezident Erdo‘g‘an: Bu yil Turkiyaning turizm mavsumi yaxshi o‘tdi
Erdo‘g‘an vazirlar kengashi yig‘ilishi ortidan xalqqa xitob etdi.