Hakan Fidan Misr prezidenti Abdulfattoh As-Sisi tomonidan qabul qilindi
Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan Misrga tashrif buyurdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
2171444
Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan Misrga tashrif buyurdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Hakan Fidan tashrif doirasida Misr prezidenti Abdulfattoh As-Sisi tomonidan qabul qilindi.
"Vazirimiz Hakan Fidan, Alemeyn shahrida Misr prezidenti Abdulfattoh As-Sisi tomonidan qabul qilindi",-deyiladi tashqi ishlar vazirligining X tarmog’idagi sahifasida.
Uchrashuv tafsilotlari ma'lum qilinmadi.
Eslatish joizki, Hakan Fidan avvalroq Misrning Alemeyn shahrida Arab Ligasi Bosh kotibi Ahmed Ebu Gayt bilan uchrashgandi.