Bog'azichi universitetida amerikalik olim Richard Folk ma'ruza qildi

Istanbul shahrida joylashgan Bog'azichi universitetida "Adolat va xalqaro huquq" mavzusiga bag’ishlangan anjuman bo’lib o’tdi.

2171435
Bog'azichi universitetida amerikalik olim Richard Folk ma'ruza qildi

 

Istanbul shahrida joylashgan Bog'azichi universitetida "Adolat va xalqaro huquq" mavzusiga bag’ishlangan anjuman bo’lib o’tdi.

Anjumanda G’azodagi gumanitar vaziyatga e’tibor qaratildi.

Tadbirda so’zga chiqqan amerikalik olim, xalqaro huquq bo’yicha mutahassis professor Richard Folk Isroilning G'azodagi harakatlarini qattiq tanqid qildi va xalqaro huquqning G'azodagi inqirozni samarali hal qila olmaganiga urg'u berdi.

U shuningdek, xalqaro huquqning roli, mavjud kamchiliklar va kuchli tatbiq mexanizmlari zarurligiga e’tibor qaratib, “Genotsid davom etmoqda va G’azo bilan bevosita bog’liq bo’lgan mintaqada urush xavfi ortib borayotgan tashvish manbaiga aylandi”, - dedi.

U qolaversa, Isroil xalqaro qarorlarga ochiqdan-ochiq e'tibor bermasligini va jahon hamjamiyatining bu qonunlarni qo'llashga qodir emasligini tanqid qildi.

"Isroil genotsidni to'xtatib, G'azo, G'arbiy Sohil va Sharqiy Quddusning ishg'oliga chek qo'yishi mumkin bo'lgan nufuzli qarorlarni ochiqchasiga e'tiborsiz qoldirdi",-deydi amerikalik olim.

Xalqaro hamjamiyat Isroilning G’azoga hujumlariga nisbatan befarq bo’lganini qoralagan Falk, kamchiliklarga qaramay, birdamlik harakatlarini qonuniylashtirish va kelajak avlodlarni adolat va inson huquqlari haqida tarbiyalashda xalqaro huquq muhimligicha qolayotganini aytdi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining uy-joy huquqi bo'yicha maxsus ma'ruzachisi Balakrishnan Rajagopal ham o'z nutqida G'azo va boshqa mojaro zonalarida uy-joylarning muntazam ravishda buzilish holatini qoraladi.

Uning ta'kidlashicha, xalqaro hamjamiyat bu kabi xatti-harakatlarni xalqaro huquqda alohida jinoyat sifatida tan olishi va muammoni hal qilish uchun aniq choralar ko'rishi kerak.

U shuningdek, uylarning buzilishini G'azoda bo'lgani kabi insoniyatga qarshi jinoyat va genotsid harakati sifatida baholadi.

G'azoni qayta qurishda duch kelinadigan qiyinchiliklarni ta'kidlagan Rajagopal, hozirgi sharoitda jarayonning o'nlab yillar davom etishi mumkinligini tilga oldi.

 

 



Aloqador xabarlar