Turkiya o'z fuqarolarini Livanni tark etishga chaqirdi
Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vazirligi bayonot berdi.
Turkiya o‘z fuqarolarini mintaqadagi vaziyat yomonlashgani sababli Livanni tark etishga va zarurat bo‘lmasa, bu davlatga bormaslikka chaqirdi. Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vazirligi bayonot berdi.
“Fuqarolarimizga Livanga sayohat qilishdan saqlanishni tavsiya qilamiz: Nabatiya, Janubiy Livan, Bekaa va Baalmbek-Germelm viloyatlariga keraksiz tashrif buyurmaslik, Livanda bo‘lishi shart bo‘lmaganlar esa tijorat reyslari vaqtida uni tark etishlari kerak", deyiladi Turkiya TIV bayonotida.
Bayonotda, Livanda yashab kelayotgan turk fuqarolaridan esa ehtiyot bo'lishlari so'ralgan.
“Vazirlik va Bayrutdagi Turkiya elchixonasining rasmiy veb-saytlari va ijtimoiy tarmoqlaridagi ogohlantirishlarni kuzatib borishlari tavsiya etildi.
Favqulodda vaziyatlar uchun Bayrut elchixonasiga quyidagi telefonlar orqali murojaat qilish mumkin: +961 3 944 904 / +961 70 622 012.
Aloqador xabarlar
Prezident Erdo‘g‘an: Bu yil Turkiyaning turizm mavsumi yaxshi o‘tdi
Erdo‘g‘an vazirlar kengashi yig‘ilishi ortidan xalqqa xitob etdi.