Ahmet Yildiz Suriyadagi siyosiy va gumanitar vaziyatga e'tibor qaratdi
Turkiyaning Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi doimiy vakili Ahmet Yildiz Suriyadagi siyosiy va gumanitar vaziyatga bag’ishlangan BMT Xavfsizlik Kengashi yig'ilishida nutq so'zladi.
![Ahmet Yildiz Suriyadagi siyosiy va gumanitar vaziyatga e'tibor qaratdi](http://cdn.trt.net.tr/images/xlarge/rectangle/63d1/d857/a07f/669f5f68134ed.jpg?time=1737481365)
Turkiyaning Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi doimiy vakili Ahmet Yildiz, terror tashkiloti PKK/YPGning Suriyadagi olg’a siljish harakatlariga diqqat qaratib, “Terror tashkilotlariga qonuniy tomon sifatida qaramaslik kerak”,- dedi.
Ahmet Yildiz bu haqda Suriyadagi siyosiy va gumanitar vaziyatga bag’ishlangan BMT Xavfsizlik Kengashi yig'ilishida so’zlagan nutqida ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, Suriyadagi gumanitar vaziyat dahshatli tus olib bormoqda. Mamlakatda 16,7 million kishi insonparvarlik yordamiga muhtoj. Gumanitar yordamga muhtoj aholining to'rtdan bir qismi Suriyaning shimoli-g'arbida yashaydi.
Suriyadagi gumanitar vaziyatning ta'siri nafaqat mamlakat, balki mintaqa va undan tashqariga ham ta'sir qilayotganini ta'kidlagan Ahmet Yildiz, yangi qochqinlar to’lqinini hisobga olib, barqaror mablag' ta'minlanishi kerakligini ta'kidladi.
Uning ta’kidlashicha, Turkiya BMT bilan hamkorlikda chegara osha gumanitar yordam borasidagi hamkorlikni davom ettirishga tayyor.
Suriyadagi vaziyatning yomonlashganidan xabardor boʻlgan xalqaro hamjamiyat zudlik bilan toʻqnashuvga doimiy yechim topish uchun chora koʻrishi kerak. Mojaroga barcha siyosiy, xavfsizlik va gumanitar jihatlari bilan integratsiyalashgan yondashuv asosida yechim topish zarur.
Aloqador xabarlar
![Kartalkayada sodir boʻlgan yongʻinda halok boʻlganlar soni ortdi](http://cdn.trt.net.tr/images/medium/rectangle/0c74/7293/0426/678f49d90f5d6.jpg?time=1737481366)
Kartalkayada sodir boʻlgan yongʻinda halok boʻlganlar soni ortdi
Kartalkayadagi mehmonxonada sodir boʻlgan yongʻinda halok boʻlganlar soni ortdi.