Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban Turkiya va Prezident Erdo’g'anni maqtadi
Orban, Amerika Qo'shma Shtatlarida bo'lib o'tgan NATO sammiti doirasida Prezident Rejep Tayyib Erdo'g'an bilan uchrashuvi haqida bayonot berdi.

Vengriya Bosh vaziri Viktor Orbandan Turkiya va Prezident Erdog'anga maqtov..
Orban, Amerika Qo'shma Shtatlarida bo'lib o'tgan NATO sammiti doirasida Prezident Rejep Tayyib Erdo'g'an bilan uchrashuvi haqida bayonot berdi.
Viktor Orban, Turkiyaning Ukrainada tinchlikni ta'minlash uchun ajralmas aktyor ekanligini isbotlaganini aytdi.
Prezident Erdo’g’anning Rossiya va Ukraina bilan kelishuvga erisha oladigan yagona muvaffaqiyatli davlat arbobi ekanligini aytdi.
Orban, mamlakati Yevropa Ittifoqiga raislik qilganidan keyin avval Ukrainaga, keyin Rossiya va Xitoyga tashrif buyurganini eslatdi.
Bu muloqotlarni “tinchlik missiyasi” deb atagan Orban, Vashingtondagi uchrashuvlarida Prezident Erdog’an bilan uchrashib, bu missiyasini davom ettirganini qayd etdi.
Viktor Orbanning aytishicha, Erdog'an bilan ikki tomonlama uchrashuvda Ukrainadagi urush ancha shafqatsiz darajaga etgani muhokama qilingan.
Bu yerdagi azob-uqubatlarga barham berish uchun tinchlik va tinchlik tashabbusi zarurligini ta’kidlab,
Orban, “Prezident Erdog’andan olib borayotgan tinchlik missiyasini qo’llab-quvvatlashini so’radim” dedi.