Turkiya Isroil hujumlarini yana bir bor qoraladi

G‘azoning Xon Yunus shahrida falastinliklar jon saqlagan maktablardan biriga qarshi hujum uyushtirildi va oqibati gunohsiz tinch aholi umriga zomin bo‘ldi.

2161447
Turkiya Isroil hujumlarini yana bir bor qoraladi

Isroil tomonidan G‘azoning Xon Yunus shahrida falastinliklar jon saqlagan maktablardan biriga qarshi hujum uyushtirildi va oqibati gunohsiz tinch aholi umriga zomin bo‘ldi. Turkiya bu voqeani qoraladi.

Shu doirada mamlakat Tashqi Ishlar vazirligi tomonidan yozma ravishda bayonot berildi va unda:

“G‘azoning Xon Yunus shahrida falastinliklar jon saqlagan maktablardan birida o‘nlab gunohsiz tinch aholining o‘ldirilishini qoralaymiz. Xon Yunusda topilgan ommaviy qabrlar bilan oxirgi to‘rt kun ichida bu yerdagi to‘rtta maktabning Isroil tomonidan nishonga olinishi, ochiq – oydin, Isroilning Falastin xalqini butunlay yo‘q qilishni ko‘zlaganidan dalolat bermoqda”, - deyildi.

Mazkur hujumlar, Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu hukumatining otashkesim muzokaralariga ham monelik qilayotgani ta’kidlangan bayonotda: “Isroil rasmiylari, insoniyatning barcha qadriyatlari bilan xalqaro huquqni mensimayapdi. Shuning uchun ham qonun oldida javob beradilar”, - degan ifodalarga o‘rin berildi.

Eslatib o‘tamiz:

Isroil tomonidan G‘azoning Xon Yunus shahrida falastinliklar jon saqlagan maktablardan biriga qarshi uyushtirilgan hujumda falastinlik 29 kishi jon berar ekan, 50 nafardan ortiq inson tan jarohati oldi.

 

 



Aloqador xabarlar