Erdo‘g‘an NATOning 75 - yilligi munosabati bilan uyushtirilgan tadbirda ishtirok etdi

Erdo‘g‘an rafiqasi Emine Erdo‘g‘an bilan Andrew W. Mellon Auditoriumda, NATOning 75 - yilligi munosabati bilan uyushtirilgan tadbirda ishtirok etdi.

2161345
Erdo‘g‘an NATOning 75 - yilligi munosabati bilan uyushtirilgan tadbirda ishtirok etdi
viktor orban-erdogan nato zirvesi.jpg
erdogan nato zirvesi.jpg

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an, NATO tarkibidagi davlatlarning davlat va hukumat rahbarlari sammitida ishtirok etish maqsadida hozirda Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh) poytaxti Vashingtonda.

Erdo‘g‘an rafiqasi Emine Erdo‘g‘an bilan Andrew W. Mellon Auditoriumda, NATOning 75 - yilligi munosabati bilan uyushtirilgan tadbirda ishtirok etdi.

Sammitda ishtirok etayotgan davlat va hukumat rahbarlari mazkur tadbir avvalida birgalikda suratga tushdilar.

Dasturda Ikkinchi Jahon urushi, NATOning tashkil etilishi, Bosniya urushi, Qrimning anneksiya qilib olinishi va Rossiya - Ukraina urushi kabi turli voqealar tasvirlarini o‘z ichiga olgan videolavhalar namoyish etildi.

Tadbirda AQSh Prezidenti Jo Bayden va NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg ochilish nutqi bilan chiqish qildi.

NATOning 75 - yilligini nishonlash tadbiri ortidan Prezident Erdo‘g‘an, o‘zi turgan mehmonxonada Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Turkiya va Vengriya o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar, Turkiyaning Yevropa ittifoqiga a’zo bo‘lish jarayoni, mintaqaviy va global muammolar qo‘lga olindi.

Prezident Erdo‘g‘an unda Ukraina - Rossiya urushi va Isroilning G‘azoni nishonga olgan hujumlarini to‘xtatish uchun chora izlashni davom ettirayotgani, buning uchun xalqaro hamjamiyat ham o‘z faoliyatini orttirishi zarurligini ifoda etdi.

Erdo‘g‘an, shuningdek, Vengriyaning Yevropa ittifoqi kengashiga raislik qilish jarayonida Turkiyaning Yevropa ittifoqi tarkibiga kirish jarayonini jonlantirishi va munosabatlarini rivojlantirishi borasida Vengriya tomonidan qo‘llab – quvatlanishni kutayotganini ham ifoda etdi.

 

 



Aloqador xabarlar