Numan Kurtulmush Vashingtonda Ukraina parlamenti raisi bilan uchrashdi

Numan Kurtulmush Ukraina poytaxti Kiyevda bolalar shifoxonasiga sodir etilgan hujumni qoralab, voqeada ko'plab insonlarning hayotdan ko'z yumganligi munosabati bilan hamdardlik bildirdi.

2161483
Numan Kurtulmush Vashingtonda Ukraina parlamenti raisi bilan uchrashdi

 

Turkiya Buyuk Millat Majlisi raisi Numan Kurtulmush Vashingtonda Ukraina parlamenti raisi Ruslan Stefanchuk bilan uchrashdi.

Uchrashuv chog'ida Numan Kurtulmush Ukraina poytaxti Kiyevda bolalar shifoxonasiga sodir etilgan hujumni qoralab, voqeada ko'plab insonlarning hayotdan ko'z yumganligi munosabati bilan hamdardlik bildirdi.

Stefanchuk Numan Kurtulmushga Rossiya hujumi va uning oqibatlari aks etgan tasvirlarni ko'rsatdi va hujum haqida ma'lumot berdi.

U shuningdek, Numan Kurtulmushni 24-oktyabr kuni Latviya poytaxti Rigada o'tkaziladigan Qrim platformasi parlament sammitiga taklif qildi.

Numan Kurtulmush Turkiya Ukraina mustaqilligi, suvereniteti va Qrim bilan bir qatorda Ukrainaning hududiy yaxlitligini qo’llab-quvvatlashini takrorladi.

 


Tanlangan kalimalar: #Ukraina , #Turkiya , #Numan Kurtulmush

Aloqador xabarlar