Erdo‘g‘an Vashingtonda Vengriya bosh vaziri bilan uchrashdi

Davlat rahbarlari Turkiya-Vengriya munosabatlarining bugungi holati va istiqboldagi rejalar, Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishi, shuningdek, mintaqaviy va global muammolarni muhokama qildilar.

2161229
Erdo‘g‘an Vashingtonda Vengriya bosh vaziri bilan uchrashdi

 

Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an Vashingtonda bo‘lib o‘tayotgan NATO sammiti doirasida Vengriya bosh vaziri Viktor Orban bilan uchrashdi.

Bu haqda Turkiya rahbari ma’muriyatining Aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Davlat rahbarlari Turkiya-Vengriya munosabatlarining bugungi holati va istiqboldagi rejalar, Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishi, shuningdek, mintaqaviy va global muammolarni muhokama qildilar.

Eslatma: Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo'g'an 9-11 iyul kunlari Vashingtonda bo‘lib o‘tadigan NATO davlatlari sammitida ishtirok etish uchun AQShga tashrif buyurgandi.

 


Tanlangan kalimalar: #Erdo'g'an , #Viktor Orban , #Vengriya , #Turkiya

Aloqador xabarlar