Turkiyada Xitoyning BYD kompaniyasi zavodi quriladi

Istanbulda Turkiya sanoat va texnologiyalar vaziri Mehmet Fatih Kajir va Xitoyning BYD kompaniyasi raisi Chuanfu Vang o'rtasida kelishuv imzolandi.

2161138
Turkiyada Xitoyning BYD kompaniyasi zavodi quriladi

 

Istanbulda Turkiya sanoat va texnologiyalar vaziri Mehmet Fatih Kajir va Xitoyning BYD kompaniyasi raisi Chuanfu Vang o'rtasida kelishuv imzolandi.

Rajab Tayyip Erdo‘g‘an shafeligi ostidagi investitsion kelishuv Do‘lmabog‘cha saroyida imzolandi.

Kutilishicha, kelishuv doirasida jahonning eng yirik elektromobil ishlab chiqaruvchisi 1 mlrd dollar evaziga Turkiyada yiliga 150 ming dona elektromobil va hibrid mashinasi ishlab chiqaruvchi zavod quradi.

Ob'yektda 5 minggacha bo‘lgan kshi bevosita ish bilan ta’minlanishi rejalashtirilmoqda.

Zavod 2026 yilda mamlakatning g‘arbida joylashgan Manisa viloyatida ishga tushiriladi. Bundan tashqari, barqaror mobillik texnologiyalari bo‘yicha ilmiy tadqiqot markazini ham barpo etish rejalashtirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz: Turkiya hukumati iyun oyida Xitoyda ishlab chiqarilgan ichki yonuv dvigatelli va hibrid avtomobillarga 40 foizlik bojxona bojlari joriy etilganini e’lon qilgan edi. Qonunga ko‘ra, bunday bojlar faqat Xitoyda ishlab chiqarilgan avtomobillargagina joriy etiladi.

Shu sababli Xitoyning Chery kompaniyasi ham Turkiyada zavod ochishga qaror qilgan. Xitoy avto ishlab chiqaruvchilari shu yo‘l bilan eksport bojlaridan qochishga urinishmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Xitoy , #Turkiya

Aloqador xabarlar