Turkiyaning sun'iy yo'ldoshi "Turksat 6A" koinotga parvoz qildi

Bortida Turkiyada ishlab chiqarilgan "Turksat 6A" aloqa sun'iy yo'ldoshi bo'lgan "Falcon 9" raketa-tashuvchisi Florida shtatidagi Kanaveral burnidagi AQSh koinot kuchlarining kosmodromidan havoga ko'tarildi.

2161124

Raketaning uchirilishi amerikalik tadbirkor Ilon Maskga tegishli SpaceX saytida namoyish etildi.

"FOX 35" telekanalining xabar berishicha, raketa mahalliy vaqt bilan soat 19:30 da uchirildi. Bu raketaning birinchi bosqichi uchun 15-parvoz bo'ldi. "Falcon 9" allaqachon koinotga sakkizta Starlink fazoviy kemasini olib chiqqan.

Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an raketa uchirilganini ma'lum qildi.

Taxminlarga ko'ra, uchirilgan sun'iy yo'ldosh tarmoq qamrovini Hindiston, Tailand, Malayziya va Indoneziya hududlarigacha kengaytiradi.

Bu "Falcon 9" raketasining joriy yilda koinotga 68, umumiy hisobda 353 marta uchirilishidir

Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Turksat 6A

Aloqador xabarlar