Prezident Erdoʻgʻan rasmiy tashrif bilan Ispaniyaga ketdi

Prezident Erdoʻgʻan Ispaniyaga ikki kunlik rasmiy tashrif uyushtirmoqda.

2152179
Prezident Erdoʻgʻan rasmiy tashrif bilan Ispaniyaga ketdi

Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻan Ispaniyaga ikki kunlik rasmiy tashrif uyushtirmoqda.

Prezident Erdoʻgʻan ushbu tashrifining ilk kunida poytaxt Madridda Ispaniya Qiroli VI Felipe bilan, ertasi kuni esa Ispaniya Bosh vaziri Pedro Sanchez bilan uchrashadi.

Prezident Ispaniyada eg avvalo Gʻazo masalasini, Isroilning mintaqadagi hujumlarini toʻxtatishi va butunlay tinchlik oʻrnashi uchun amalga oshirlishi kerak boʻlgan vazifalarni muhokama qiladi.

Ispaniya 28 - may kuni Falastinni rasman tan olganini e’lon qildi. Erdoʻgʻan esa bu qarorni yuqori baholab, yaxshi qabul qilgan edi.

Tashrif chogʻida dunyo kun tartibi va Turkiya - Ispaniya munosabatlari ham qoʻlga olinadi.

Erdoʻgʻan shuningdek Bosh vazir Snachez bilan birgalikda Turkiya va Ispaniya oʻrtasidagi sakkizinchi hukumatlararo sammitga raislik qiladi.

Sammitda savdo, moliya, madaniyat va sport sohalarida ham ko‘plab shartnomalar imzolanishi rejalashtirilgan.

Prezident Erdoʻgʻan, Turkiya va Ispaniya ishbilarmonlari ishtirok etuvchi biznes forumining ochilishida ham qatnashishi mumkin.



Aloqador xabarlar