Prezident Erdo'g'an, Hamas Siyosiy Byurosi Rahbari İsmail Haniyega hamdardlik bildirdi

Prezident Rajab Tayyib Erdo'g'an, Isroil hujumida farzandlari va nevaralari shahid bo'lgan Hamas Siyosiy Byurosi Rahbari İsmail Haniyega hamdardlik bildirdi.

2126654

Prezidentlik aloqa boshqarmasi bayonotiga ko’ra, Erdo’g’an Haniye bilan telefonda gaplashgan.

Prezident Erdo’g’an, Isroil hujumida farzandlari va nevaralarining shahid bo’lgani uchun Haniyaga ta’ziya izhor etdi.

  Uchrashuvda u Isroilning insoniyatga qarshi sodir etgan jinoyatlari uchun qonun oldida albatta javob berishini bildirdi.

Shu bilan birga, Vitse-prezident Jevdet Yilmaz, ijtimoiy media hisobi orqali tarqatgan xabarida, Isroil hujumida uch farzandi va 3 nabirasi shahid bo'lgan Heniyyega ta'ziya izhor etdi.

Turkiya Buyuk Millat Majlisi raisi Numan Kurtulmush,

telefon orqali gaplashgan Haniyega hamdardlik bildirdi va Isroilning insoniyatga qarshi qilgan barcha jinoyatlari uchun qonun oldida albatta javob berishini bildirdi.

Tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan va Milliy razvedka tashkiloti rahbari Ibrohim Kalin ham Heniyyega telefon qilib, hamdardlik bildirdi.

Aloqador xabarlar